Xalqobod (Kegeyli tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xalqobod — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidyapl shahar (1986 yildan). Respublikaning shim.da Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kegeyli (3 km). Aholisi 11,7 ming kishiga yaqin (2004). X. 1830 yilda Kumoʻzak arigʻi boʻyidagi Bagʻanali qumi yonida vujudga kelgan. 1830—73 yillarda qalʼa (hozirgi kungacha saklangan) yonida qoʻrgʻon qurilib, unda Madrasa, qozixona, kutubxona, hammom va boshqa boʻlgan. 1916 yilda mahalliy aholi va turkmanlar orasidagi doʻstlik ramzi sifatida qalʼa Xalqobod deb nomlangan.

X.da 1965 yilda paxta tozalash zavodi, avtokorxona, 1967 yilda koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, 1970 yilda ixtisoslashtirilgan mexanizatsiyalashgan kolonna ishga tushirildi. Shuningdek, hammom, tikuvchilik sexi, aloqa boʻlimi va boshqa qurildi. Shaharda "Xalqobod momigʻi", "Xalqobod" avtotransport korxonalari, "Agroqurilish" va "Suv qurilish", Kegeyli qurilishsozlash boshqarmasi, dehqon bozori, "Xalqobodmatlubot" shoʻʼba korxonasi, tikuvchilik sexi, Oʻzbekiston Rossiya "Qarroqishloqmash" qoʻshma korxonasi, 14 xususiy firma, 40 nafar yakka tadbirkor faoliyat koʻrsatmoqda. 3 umumiy taʼlim maktabi, sanoattransport kasb-hunar kolleji, maktabbogʻcha majmuasi, sport majmuasi, qishloq kasalxonasi mavjud.