Konstantin Stanislavskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stanislavski.jpg

Konstantin Sergeyevich Stanislavskiy (Alekseyev) (1863.1.1 — Moskva — 1938.7.8) — aktyor, rejissyor, pedagog: teatr nazariyotchisi. Xalq artisti (1936). Peterburg FAning faxriy akad. Rus teatrining yirik islohotchisi. 1898 yil (Vladimir Nemirovich-Danchenko bilan) Moskva Badiiy akademik teatriga asos solgan. Teatr ijodiy faoliyatini boshlab berishi bilan sahna realizmi rivojlanish bosqichini ham boshlab, jahon geatriga katta taʼsir etdi (qarang Stanislavskiy sistemasi). Anton Chexov, Maksim Gorkiy pyesalarini saxnalashtirib, Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko rejissyorlik va aktyorlik sanʼatining yangi yoʻllarini ochdi. "Doktor Shtokman" (Genrik Ibsen)da Doktor Shtokman, "Tubanlikda" (Maksim Gorkiy) Satin, "Vanya togʻa" (Anton Chexov)da Astrov, "Uch opasingil" (Anton Chexov)da Vershinin, "Akdlilik balosi" (Aleksandr Griboyedov)da Famusov, "Har toʻkisda bir ayb" (Aleksandr Ostrovskiy)da Krutitskiy kabi rollari klassik dramaturgiya imkoniyatlarini ochishga ijtimoiy teran yondashish namunasi boʻldi. 1918 yildan Katta teatrning opera studiyasi (keyinchalik Stanislavskiy nomidagi opera teatri)ni boshqargan. "Yevgeniy Onegin" (Pyotr Chaykovskiy), "Shoh qalligʻi" (Nikolay Rimskiy-Korsakov) kabi operalarni sahnalashtirgan. 1935 yil Operadramatik studiyasini tashkil etdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil