Sank-Peterburg Sobor masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

~~~~

Sankt-Peterburg Sobori masjidi - Sankt-Peterburgdagi islom diniy binosi. Bu me'moriy yodgorlik, shimoliy-zamonaviy uslubda bo'lib, Rossiya imperiyasining bosh masjidi va Rossiya imperiyasining Yevropa qismidagi eng katta masjidi hisoblanadi[1].

Masjid
Mamlakat  Rossiya
Manzil Kronverkskiy prospekt, 7
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Juma masjidi
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Loyiha muallifi N. V. Vasilyev, S. S. Krichinskiy
Binokorlik tashabbuschisi Sobor masjidi qurilishi qoʻmitasi
Homiylar Buxoro Amiri Sayyid Abdulahadxon, Tatar va Ozarbayjon tadbirkorlari(Gadji Zeynalabdin Tagiyev, Murtuza Muxtarov va boshqalar). Sank-Peterburg musulmonlar xayriya jamiyati
Binokorlik 19091920
Asosiy sana:
1913
Maqomi Jome masjid
Oʻlchami 45x32
Gumbazlar soni 1
Gumbaz balandligi 39
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 48
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Koordinatalari: 59°57′19″N 30°19′26″E / 59.95528°N 30.32389°E / 59.95528; 30.32389 G O


Tarixi

Ma’lumki, XIX asrning oxirlariga kelib, Sank-Peterburgda musulmonlar soni ancha ortadi, lekin u yerda bironta masjid bo‘lmagan. Shu bois Sankt-Peterburg musulmonlari masjid qurish uchun mablag‘ to‘plashga kirishadi. Biroq shahardagi ayrim mahalliy amaldorlar bu ishga jiddiy qarshilik ko‘rsatishadi. Zarur mablag‘ tezlikda yig‘ilavermaydi To‘plangan pul hatto masjid qurilishi uchun yer sotib olishga ham yetmaydi.1880-yillarda Peterburg musulmon jamoasi oqpodsho hukumatiga masjid qurish uchun izn so‘rab murojaat qiladi. Ammo murojaat inobatga olinmaydi. Shundan keyin masalaga Buxoro amiri Abdulahadxon aralashib, Rusiya imperatoridan poytaxtda musulmonlar uchun ibodatgoh qurishga ruxsat so‘raydi. Imperator rozilik beradi. Buxoro amiri vakillari bir necha yil davomida shahar markazidan masjid uchun maqbul joy izlaydi. 1907-yili amir Abdulahadxon muhandis I.Dolotskiyning xususiy mulki bo‘lgan katta uyni atrofidagi yeri bilan 312 ming rublga sotib oladi[2][3].

Masjid me’moriy loyihasi uchun tanlov o‘tkaziladi. Ko‘plab me’morlar ishtirok etgan tanlov natijalari 1908-yil 11 martda ko‘rib chiqiladi. Tanlovda 45 ta loyiha orasidan taniqli rus me’morlari N.Vasilev, M.Lyalevich, M.Peretyatkov muallifi bo‘lgan loyihalar g‘olib deb topiladi. Ularning har biriga 3 ming rubldan mukofot beriladi. Qurilishga asos qilib esa N.Vasilev loyihasi tanlanadi. Pirovardida loyiha rus imperatori tomonidan shaxsan ma’qullanadi. Qurilishni boshlash uchun uchun kamida 500 ming rubl mablag‘ zarur edi. Masjid qurilishi bo‘yicha qo‘mitaga Rusiya hududidagi musulmon jamoalaridan o‘n yil ichida 750 ming rubl xayriya mablag‘i yig‘ib olishga ijozat etiladi[4].

Amir Abdulahadxon o‘z hukmronligining 25 yilligi munosabati bilan rus poytaxtiga tashrifi chog‘i 1909-yil 10-fevralda masjidga ilk ramziy g‘isht qo‘yiladi. "Banda tadbir qiladi, Olloh – buyukdur!" Amir Abdulahadxon Buxoroga qaytgach vafot etadi. Ya'ni masjid ishga tushirilgan kunni ko‘rish amirga nasib etmaydi. U 1910-yilning 26-noyabrida olamdan o‘tadi.Masjid qurilishiga taxtga chiqqan yangi hukmdor –  amir Olimxon bosh-qosh bo‘ladi. Qurilish jadal davom ettiriladi. Ichki bezaklar hali itmomiga yetmagan bo‘lsa-da, masjidni Romanovlar sulolasi hukmronligining 300 yilligi tantanalariga ochishga qaror qilinadi[5][6].

Biroq masjid qurilishi to‘xtamaydi. 1913-yilning 22-fevralida masjid tantanali ochiladi. Unda otasining o‘rniga taxtga o‘tirgan hukmdor, Buxoroning so‘nggi amiri Said Olimxon bilan birga Xiva xoni Asfandiyorxon ham ishtirok etgan. Qizig‘i shundaki, bugungi mamlakatimiz hududidan joy olgan ikki qo‘shni davlat hukmdorlari faqat ana shu voqea munosabati bilan aynan Sankt-Peterburgda uchrashishgan ekan[7].

1917-yilgi inqilobdan keyin oqpodsho taxtdan qulatilib, hokimiyatga bolsheviklar keladi. Hali hokimiyatni mustahkamlab ulgurmagan sho‘rolar dastlab masjid faoliyatiga e’tiroz bildirmaydi.

1920-yil bahorida Ramazon oyi munosabati bilan masjid ibodat uchun rasman ochiladi. Buxoro amiri Olimxon markaziy xonaqoh uchun 400 kvadrat metrlik qadimiy gilamni jo‘natadi.1920-yil 30 aprelda Sobor masjidida qurilish va pardozlash ishlari to'liq yakunlandi. Avlodlar xotirasi uchun asosiy kirish eshigi yaqinida ikkita sana osib qo'yilgan: yotqizilgan kun va ichki bezatish ishlari to'liq tugagan kun[8].

Hozirgi kunda bino

Masjid Petrogradskaya tomonida, Kronverkskiy prospekti va Konni ko'chasining burchagida (Gorkovskaya metro bekati yaqinida) joylashgan.

  • uzunligi - 45 m
  • kengligi - 32 m
  • bosh gumbazning balandligi - 39 m
  • minoralar soni - 2 ta
  • minoralar balandligi - 48 m
  • sig'imi - 5000 kishi

Masjidning 1-qavati erkaklar uchun moʻljallangan. Asosiy zalning oxirida, chap tomonda, ish kunlarida ayollar namoz o'qishlari uchun o'ralgan joy mavjud. 2014 yilda 2-qavat panjarasi uslubida yog'ochdan yasalgan dekorativ panjara o'rnatildi.

Masjidning 2-qavati ayollar uchun moʻljallangan boʻlib, ikkita kirish joyi bor (asosiy zaldan va koʻchadan). Aslida, bu mezzanin (asosiy qavatning hajmiga o'rnatilgan mezzanin).

Keng marmar zinapoya masjidning 3-qavatiga olib boradi. Aslida, bu ham asosiy zalning uch tomonida qurilgan mezzanina. Juma va bayramlarda erkaklar namozi uchun joy ajratilgan. U yerda umumiy dam olish kunlarida islom asoslari va arab tili bo‘yicha bepul darslar o‘tkaziladi.

Masjidning tashqi va ichki bezaklari Shohi-Zinda va Go'ri-Amir masjidlari bezaklaridan nusxa koʻchirish uchun Samarqandga maxsus sayohat qilgan rassom L. Maksimovning chizmalari boʻyicha qilingan[5]. Sobor masjidining tashqi va ichki devorlari Qur'ondagi Oyatlar bilan bezatadi.

Neva bo‘yidagi moviy gumbazli muazzam masjid bugun qadimiy Sankt-Peterburgning ramzlaridan biriga aylangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]