Saniya Fayzulina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayzulina Saniya Hanafiyevna Файзулина Сания Ханафиевна
Tavalludi 28-iyun 1929-yil
Astraxan shahri
Vafoti nomaʼlum
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi O'zbekiston SSR
Sohasi sharqshunos, pedagok
Institutlar Oʻrta Osiyo davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat jahon tillari instituti
Ilmiy unvoni pedagogika fanlari doktori, professor
Mukofotlari "SSSR xalq talimı a'lochisi" koʻkrak nishoni

Saniya Hanafiyevna Fazyzulina - (ruscha: Файзулина Сания Ханафиевна) sharqshunos olima, pedagogika fanlari doktori, professor.[1]

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1929-yil 28-iyunda Astraxan shahri da tug’ilgan. 1946-yilda O’rta Osiyo universitetining sharq fakultetiga o’qishga kiradi. 1951-yilda fakultetning eron-afg’on bo’limini tugatib, o’z fakultetida ishga qoladi. 1950—1961-yillarda o’rta maktabda o’qituvchi, ilmiy mudir lavozimlarida ishlaydi.

S.H.Fayzulina 1961-yilda Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti aspiranturasiga o’qishga kiradi. Aspiranturadan so’ng institutda katta ilmiy xodim lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

1967-yilda olima Toshkent davlat chet tillari instituti (hozirgi O’zbekiston jahon tillari universiteti) ga ishga o’tib, umrining oxiriga qadar mazkur universitetning pedagogika kaffedrasida katta o’qituvchi, 1970-yilda dotsent, 1971-yilda sirtqi fakultet dekani, 1978-yilda kafedraning katta ilmiy xodimi va nixoyat 1987-yilda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi. Olima ancha yillar doktorlik va nomzodlik ilmiy darajasini berish bo’yihcha ixtisoslashgan ilmiy kengashning a’zosi boʻlgan.[2]

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1966-yil SSSR Pedagogika fanlarii akademiyasinning akademigi, professor S.Rajabov rahbarligida nomzodlik dessertatsiyasini yozib, O’zbekiston O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti ilmiy kengashida “Эстетическое воспитание учащихся узбекских школ в процессе изучения русской литературы ” degan mavzuda nomzodlik dessertatsiyasini himoyadi.

Olima 1989-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining ilmiy kengashida “Становление и развитие системы эстетического воспитана школьников Узбекистана (1917 - 1980 гг.)” nomlı mavzuda doktorlık dessertatsıyasını yoqlagan, 1991-yılda esa olımaga pedagogıka va psıxologıya kafedrasınıng professorı ilmiy unvoni berilgan. Olima rahbarligida bitta 1 ta doktorlik va 8 ta nomzodllik dessertatsiyalari himoyadan o’tgan. Olimaning 80 dan ortiq maqolalar, risolalar va monoografiyalari nashr qilgan. S.H.Fayzulina oʻzining ilmiy faoliyati uchun „SSSR xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangandir[2]

Ilmiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Выразительно чтение как средство эстетического воспитания школьников." (Учебное пособие), Т., 1968.

"Эстетическое воспитание студенческой молодёжи". Т., 1978.

"Эстетическое воспитание учащихся молодёжи". Т., 1978.

“Становление и развитие системы эстетического воспитана школьников Узбекистана “. Т., 1984.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://cat.libnvkz.ru/CGI/irbis64r_14/cgiirbis_64.exe?LNG=&I21DBN=ANL20&P21DBN=ANL20&S21STN=1&S21REF=5&S21FMT=fullwebr&C21COM=S&S21CNR=10&S21P01=0&S21P02=0&S21P03=I=&S21STR=%2F%D0%A4%2017%2D164853
  2. 2,0 2,1 O'zbekiston Sharqshunoslari, Malik Abdusamatov, bibliografik ocherk, Qomuslar bosh tahririyati, Toshkent - 1996, 144-145-betlar.