Kontent qismiga oʻtish

Samarqand darvozasi (Buxoro)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samarqand darvozasi

XIX asr oxirlarida olingan surat
Joylashuvi
Hudud Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Umumiy maʼlumotlar
Qurdirgan hukmdor Abdulazizxon
Taʼmirlatgan hukmdor Abdullaxon II
Taʼmirlangan yili 1557—1560-yillar
Buzilgan yili 1920-yil buzilgan, 2009-yil qayta tiklangan
Qayta tiklagan meʼmor Mahmud Ahmedov
Qalʼa (shahar) Buxoro
Arxitekturasi
Meʼmoriy uslubi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Qurilish materiali pishgan gʻisht
Balandligi 11,4 metr
Kengligi 13 metr
Map
Samarqand darvozasi xaritada
Samarqand darvozasi (Buxoro)

Samarqand darvozasi — Buxoro shahrining qadimiy darvozalaridan biri.

Samarqand darvozasi Buxoro shaharining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan boʻlib, ushbu darvoza orqali Samarqandga borilgan. Darvoza shayboniy hukmdor Abdulazizxon tomonidan qurdirilgan bo‘lib, 1557—1560-yillarda Abdullaxon II tomonidan qayta taʼmirlangan[1]. Samarqand yo‘li orqali G‘ijduvon, Qo‘qon, Toshkent va boshqa shaharlardan, uzoq xorijdan kelgan savdogarlar, mehmonlar shu darvozadan shaharga kirishgan. Darvoza yaqinida aravasozlik, yog‘och materiallari, deraza, eshik bozori bo‘lgan. Keyinchalik Amir Abdulahadxon (1885—1910), Amir Olimxon (1910—1920) davrida tiklangan yozgi saroy — Sitorai Mohi-Xossaga eltuvchi yo‘l shu darvoza orqali o‘tgani sababli, bu maskan savdogarlar uchun juda ahamiyatli hisoblangan. 1920-yilda Buxoroga qizil armiya hujumi natijasida, darvoza portlatilgan. Ushbu hujum natijasida Buxoro darvozalari ikkitaga kamaygan.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Samarqand darvozasi, 1905-yilgi fotografiya

Darvozaning balandligi 11,4 metr, qadimiy devor balandligiga teng bo‘lib, arka va timpanli, kitebasiz tekis qilib, bir nechta darichalar qo‘yib tiklangan, terakot hamda koshindan belbog‘li qilib jilo berilgan. „Guldasta“lari hamda ustki qismi chiroyli qirrali gultoj bilan bezatilib, qadimiy devorga bir xilda birlashtirilgan. Dilrabo Murodova tadqiqotlariga koʻra, 1959-yilning yanvar oyida ham darvoza mavjud bo‘lgan. Ushbu darvoza yonida Buxoro amirligi qoʻshini toʻplanadigan va harbiy koʻrik oʻtkaziladigan maydon boʻlgan[2]. O‘tgan asrning 60-yillarida shaharni kengaytirish bahonasida inshoot buzib yuboriladi. Oʻzbekiston mustaqilligi tufayli qadimiy Buxoroning Samarqand darvozasi qayta tiklashga kirishildi. Arxivdan topilgan suratlar asosida darvozaning qurilish loyihasi tiklandi. Uning balandligi 11 metr, kengligi 13 metrni tashkil etadi. Darvoza qurilishida ishlayotgan qoʻli gul ustalarga oʻziga xos milliy uslubni saqlab qolish uchun qurilishda 200 mingta „obi gʻisht“ ishlatilishi aniqlandi. 2009-yil yanvar oyidan boshlab muhandis-meʼmor Mahmud Ahmedov loyihasi asosida asl qiyofaga mos qilib qayta tiklandi[3].

  1. Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  3. To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.