Sadriddin Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sadriddin Abdullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sadriddin Abdullaev Nizomiddinovich
Tavallud sanasi 11-iyun 1986-yil (1986-06-11) (37 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 177 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunladi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2009 Oʻzbekiston Paxtakor 34 (6)
2003Oʻzbekiston Paxtakor-2 0 (0)
2007—2008Oʻzbekiston Dinamo Samarqand 29 (7)
2009XitoyChangchun Yatay 9 (2)
2010 Oʻzbekiston Lokomativ (Toshkent) 12 (2)
2011 Oʻzbekiston Shoʻrtan 9 (0)
2012—2014 Oʻzbekiston Lokomativ (Toshkent) 52 (7)
2015 Malayziya T-Tim - (-)
2016—2018 Oʻzbekiston Lokomativ (Toshkent) 105 (10)
2019—2020 Oʻzbekiston Paxtakor 15 (0)
2021 Oʻzbekiston Lokomativ (Toshkent) 17 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2008 OʻzbekistonOʻzbekiston 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sadriddin Nizomiddinovich Abdullayev (1986-yil 11-iyunda[1] Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan[2].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2005-yilda aynan shu klubda boshlagan. „Paxtakor“ safida toʻrt mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 32 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2007—2008-yillarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida ijara asosida oʻynagan. 2009-yilda Xitoyning „Chanchun Yatay“ jamoasida ijara asosida oʻynagan[3]. 2010-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. 2011-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2012—2014-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida toʻp surgan va shu vaqt ichida 52 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2015-yildan Malayziyaning „T-Tim“ klubi futbolchisi hisoblanadi[4].

2019-yilgi mavsum boshida 10 yildan so'ng Toshkentning "Paxtakor" jamoasi tarkibiga qaytdi va jamoa bilan shartnoma imzolagan[5][6]. 2021-yilgi mavsum avvalida sobiq jamoasi, Lokomotiv klubi tarkibiga qaytgan[7][8]. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida mavsumni yakunlaganidan soʻng, futbolchilik faoliiyatini yakunlaganini eʼlon qildi[9].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng Lokomotiv jamoasining U-18 jamoasining murabbiyi sifatida ishl boshlagan[9].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sadriddin Abdullayev 2008-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga taklif olgan[10]. Terma jamoadagi debyut oʻyinini oʻsha yilning 22-iyun kuni Jahon Chempionati-2010 saralash turniri doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Abdullayev terma jamoa safida jami uchta oʻyin oʻtkazdi[11].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston chempioni: (8) 2005, 2006, 2007, 2016, 2017, 2018, 2019[12], 2020
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: (3) 2008, 2013, 2014
  • Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (8) 2005, 2006, 2007, 2014, 2016, 2017, 2019, 2020
  • Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: (2) 2008, 2014
  • Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi: 2019
  • Oʻzbekiston Superkubogi ikkinchi o'rin: 2014
  • Xitoy chempionatining kumush medali sovrindori: 2009

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „“Пахтакор” номини эшитганда этларим жимирлаб кетади”. Садриддин Абдуллаевни табриклаймиз“ (2020-yil 11-iyun).
  2. Sadriddin Abdullaev // Transfermarkt.com (mn.) – 2000.
  3. 亚泰截止日敲定俩外援:里卡多阿布正式加盟长春 (Wayback Machine saytida 7 August 2009 sanasida arxivlangan)
  4. „Садриддин Абдуллаев ва Фарҳод Тожиев Малайзияга учиб кетишди“ (2014-yil 22-noyabr).
  5. „Садриддин Абдуллаев 10 йилдан сўнг "Пахтакор"га қайтди“ (2019-yil 26-yanvar).
  6. „"Пахтакор" янги футболчиларни таништирди“ (2019-yil 14-mart).
  7. „Садриддин Абдуллаев «Локомотив»га қайтди“ (2021-yil 11-yanvar).
  8. „"Пахтакор" икки нафар футболчи билан хайрлашди“ (2021-yil 7-yanvar).
  9. 9,0 9,1 „Садриддин Абдуллаев футболчилик фаолиятини якунлади ва мураббийликни бошлади“ (2022-yil 6-yanvar).
  10. Profil na sayte FIFA.com (angl.)
  11. „FIFA Tournaments - Players & Coaches - Sadriddin ABDULLAEV“. FIFA. 2008-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  12. „Биласизми? Бу йил 15 нафар футболчи илк бор Ўзбекистон чемпиони бўлди“ (2019-yil 3-oktyabr).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]