Saʼdiy Sheroziy sheʼriyatidan
Muallif(lar) | Saʼdiy Sheroziy |
---|---|
Tarjimon(lar) | Shoislom Shomuhamedov |
Til | fors |
Nashriyot | Oʻzbekiston KP MKning nashriyoti |
Sahifalar soni | 168 |
„Saʼdiy Sheroziy sheʼriyatidan“ — fors shoiri Saʼdiy Sheroziy qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami. 1976-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston KP MKning nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga Sheroziyning „Boʻston“ va „Guliston“ asarlaridan hamda devonlaridan olingan parchalar kiritilgan. Sheʼrlarni fors tilidan oʻzbek tiliga Shoislom Shomuhamedov tarjima qilgan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Jumaniyoz Jabborov – muharrir, G. Lomivorotova – texnik muharrir, J. Abubakirov – musahhih. Kitob adadi – 150 000 nusxa.
![]() |