Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro birliklar tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(SIdan yoʻnaltirildi)
Metrik sistemaga oʻtish sanalari. Qora rangda SI tizimini asosiy yoki yagona tizim sifatida qabul qilmagan davlatlar (Liberiya, Myanma, AQSH), belgilangan.

Xalqaro birliklar tizimi yoki SI (fransuzcha: Système International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. 1960-yilda oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11-Bosh konferensiyada qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — soniya (s), termodinamik temperatura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi — steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqlanadi. Bunda koeffitsiyent oʻlchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.

Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar oʻlchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamliligi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik temperatura, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari mos ravishda L, M, T, I, Q, J, L^ belgilari orqali ifodalanadi. Xalqaro birliklar tizimi fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimit.da mexanik, issiklik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar oʻzaro bogʻlangan bo'ladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi.

SI oʻlchov birliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy oʻlchov birliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kattalik Birlik
Nomlanishi Oʻlcham belgisi Nomlanishi Belgilanishi
Oʻzbekcha fransuzcha/inglizcha oʻzbekcha xalqaro
Uzunlik L metr mètre/metre m
Massa M kilogramm[1] kilogramme/kilogram kg
Vaqt T soniya seconde/second s
Tok kuchi I amper ampère/ampere A
Termodinamik harorat Θ kelvin kelvin K
Modda miqdori N mol mole mol
Yorugʻlik kuchi J kandela candela kd cd

Hosilaviy birliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklarini ustida oshirilgan matematik amallar natijasida yuzaga kelgan.

Hosilaviy birliklar
Kattaliklar Oʻlchov birliklar Belgilanishi Ifodasi
oʻzbekcha nomlanishi xalqaro nomlanishi oʻzbekcha xalqaro
Yassi burchak radian radian rad m·m−1 = 1
Hajmiy burchak steradian steradian sr m²·m−2 = 1
Harorat (selsiy shkalasi boʻyicha) Selsiy darajasi degree Celsius °C K
Chastota Gers hertz Gs Hz s−1
Kuch Nyuton newton N kg·m/s²
Energiya joul joule J N·m = kg·m²/s²
Quvvat vatt watt Vt W J/s = kg·m²/s³
Bosim Paskal pascal Pa N/m² = kg·m−1·s−2
Yorugʻlik oqimi lumen lumen lm kd·sr
Yorugʻlik lyuks lux lk lx lm/m² = kd·sr·m−2
Elektr zaryadi kulon coulomb Kl C A·s
Potentsiallar farqi volt volt V J/Kl = kg·m²·s−3·A−1
Elektr qarshiligi om ohm Om Ω V/A = kg·m²·s−3·A−2
Elektr sigʻimi farad farad F Kl/V = kg−1·m−2·s4·A²
Magnit oqimi veber weber Vb Wb kg·m²·s−2·A−1
Magnit induktivligi tesla tesla T Vb/m² = kg·s−2·A−1
Induktivlik genri henry Gn H kg·m²·s−2·A−2
Elektr o'tkazuvchanlik simens siemens Sm Om−1 = kg−1·m−2·s³A²
Radioaktivlik bekkerel becquerel Bk Bq s−1
Kuchaytirilgan doza ionlashgan nurlanish grey gray Gr Gy J/kg = m²/s²
Samarali doza ionlashgan nurlanish zivert sievert Zv Sv J/kg = m²/s²
Katalizator shiddati katal katal kat mol·s−1

SI ga kirmaydigan oʻlchov birliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SI ga kirmaydigan baʼzi bir oʻlchov birliklari, Oʻlchashlar bosh konferentsiyasi qarori bilan „SI bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin“.

Oʻlchov birliklari Xalqaro nomlanishi Belgilanishi SI oʻlchov birliklarida
oʻzbekcha xalqaro
daqiqa minute min min 60 s
soat hour soat h 60 min = 3600 s
sutka day sut d 24 soat = 86 400 s
gradus degree ° ° (π/180) rad
burchak minuti minute (1/60)° = (π/10 800)
burchak sekundi second (1/60)′ = (π/648 000)
litr litre (liter) L l, L 1/1000 m³
Tonna tonne t t 1000 kg
neper neper Np Np
bel bel B B
elektronvolt electronvolt eV eV ≈1,6021773310−19 J
massaning atom birligi unified atomic mass unit a. e. m. u ≈1,660540210−27 kg
astronomik birlik astronomical unit a. birl. ua ≈1,495978706911011 m
dengiz mili nautical mile mil 1852 m (aniq)
uzel knot uz 1 soatda bosib oʻtilgan 1 dengiz mili = (1852/3600) m/s
ar are a a 10² m²
gektar hectare ga ha 104 m²
bar bar bar bar 105 Pa
angstrem ångström Å Å 10−10 m
barn barn b b 10−28 m²
  1. Po istoricheskim prichinam, nazvanie „kilogramm“ uje soderjit desyatichnuyu pristavku „kilo“, poetomu kratnie i dolnie edinitsi obrazuyut, prisoedinyaya standartnie приставки СИ k naimenovaniyu ili oboznacheniyu edinitsi izmereniya „грамм“ (kotoraya v SI sama yavlyaetsya dolnoy: 1 g = 10−3 kg).