Kontent qismiga oʻtish

Ross Turnbull

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ross Turnbull
Turnbull Middlesbrough tarkibida, 2009-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ross Turnbull[1]
Tavallud sanasi 4-yanvar 1985-yil (1985-01-04) (39 yosh)[2]
Tavallud joyi Bishop Auckland, Angiya
Boʻyi 1.93 m[3]
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2002 Middlesbrough
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002–2009 Middlesbrough 27 (0)
2003 → Darlington (ijara) 1 (0)
2004 → Barnsley (ijara) 3 (0)
2004 → Bradford City (ijara) 2 (0)
2004–2005 → Barnsley (ijara) 23 (0)
2005–2006 → Crewe Alexandra (ijara) 29 (0)
2007 → Cardiff City (ijara) 6 (0)
2009–2013 Chelsea 7 (0)
2013–2014 Doncaster Rovers 28 (0)
2014–2015 Barnsley 22 (0)
Milliy terma jamoa
2000 Angliya U-16 1 (0)
2001–2002 Angliya U-17 4 (0)
2002–2003 Angliya U-18 5 (0)
2003–2004 Angliya U-19 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ross Turnbull (1985-yil 4-yanvar) – angliyalik sobiq professional futbolchi. Darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. 2002-2015-yillar oraligʻida Middlesbrough, Chelsea, Crew Alexandra va Doncaster Rovers kabi jamoalarda faoliyat olib borgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnbull avval Byerley Park boshlangʻich maktabi soʻngra Woodham Community Technology Collegeda oʻqigan. U oʻzi tugʻulgan shahrining jamoasi Newton Aycliffe Youth Centre AFC tarkibida yarim himoyachi sifatidaoʻynagan, keyinchalik murabbiyi Artur Vickerstaff uni darvozabon pozitsiyasida oʻynatishni boshlagan[4]. Unda North-East Darlington va Sunderland jamoalariga qoʻshilish imkoni boʻlgn, ammo Turnbullning oʻzi Middlesbrough akademiyasiga borib qoʻshiladi[5].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Middlesbrough[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnbull yoshlar klubida faoliyat olib borganidan soʻng 2002-yilda Middlesbrough bilan professional shartnoma imzoladi. 20030-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Angliya U-20 tarkibiga jalb qilindi.

Turnbull 2008-yil Middlesbrough tarkibida

2007-yil iyul oyida Turnbull EFL Championship klubi boʻlgan Cardiff City bilan bir mavsumlik ijara shartnoma tuzadi[6]. U uzoq vaqt davomida Cardiff posboni boʻlgan Neil Aleksandr ketishi munosabati bilan unga oʻrinbosar sifatida olib kelindi. Biroq dastlabki oʻyinlaridagi xatolari tufayli u Preston North End jamoasi bilan kechgan 2-2 hisobidagi oʻyinda zaxiraga olinadi va asosiy tarkibdagi oʻrinin yoʻqotadi. Soʻngra Middlesbrough ikkinchi raqamli darvozaboni Brad Jones jarohat olganidan keyin 2007-yil 5-oktabr kuni oʻz klubiga qaytadi[7]. U jarohatdagi asosiy darvozabon safga qaytgunga qadar ikki oʻyin oʻtkazdi. Ulardan biri 2007-yil 9-dekabrda Arsenal ustida qozonligan gʻalabaga toʻgʻri keldi.

11 yildan ortiq Middlesbrough tarkibida boʻlgan Mark Schwarzer 2008-yil yozida klubni tark etib Fulhamga borib qoʻshiladi[8]. Middlesbrough murabbiyi Gareth Southgate yangi darvozabonni sotib olmasdan Turnbull va Jonesga asosiy darvozabon boʻlish uchun kurashish imkonini beradi[9]. Jones mavsumning birinchi oʻyinini asosiy tarkibda oʻtkazgan boʻlsa-da, mashgʻulotlarda jarohat olganidan soʻng Turnbull keyingi haftadagi Liverpoolga qarshi maydonga tushadi[10]. 2009-yil iyun oyida Turnbull Middlesbrough bilan shartnomasi yakunlangandan soʻng klubni tark etishini eʼlon qiladi[11].

Chelsea[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnbull 2009-yil 2-iyul kuni Chelseaga erkin agent sifatida kelib qoʻshiladi va klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[12]. Turnbull asosiy tarkib darvozaboni boʻlish uchun Petr Čech bilan raqobatlashishiga tayyor ekanligini eʼlon qiladi[13]. Turnbull debyut oʻyinidagi ketma-ket xatolaridan keyin jamoasi 4-0 hisobi bilan Aston Villaga magʻlub boʻladi va oqibatda Turnbull toʻlaqonli zaxira darvozaboniga aylanadi[14].

Turnbull 2010-yil Chelsea mashgʻulotlarida

U asosiy jamoadagi debyutini Bolton Wanderersga qarshi Liga Kubogi doirasida 23 daqiqada jarohatlangan Hilário oʻringa tushgan holda oʻtkazadi, oʻyin Chelsea foydasiga 4-0 hisobida yakunlanadi[15]. U UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini esa APOEL qarshi 2-2 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻtkazadi[16]. U Premyer Ligadagi dastlabki oʻyinin esa ikkkala darvozabon Hilário va Petr Čech ham jarohatlangandan soʻng West Ham Unitedga qarshi oʻtkazgan[17].

U 2010-yilgi Angliya kubogi finalida Portsmouthga qarshi oʻyinda qaydnomaga kiritilmaydi, shunga qaramasdan unga ham medallar topshiriladi[18]. Oʻsha mavsum Premyer ligada yetarlicha oʻynamaganligi sababli chempionlik medali berilmaydi[18].

2011-2012-yilgi Premyer liga mavsumida faqatgina oxirga ikki oʻyinda u maydonga tushadi. Chempionlar ligasida ham maydonga tushmagan boʻlishiga qaramasdan oltin medallar unga ham taqdim etiladi.

Toʻrt mavsum davomida Londonliklar safida toʻp surgan Turnbull 2013-yil 30-iyunda shartnoma yakunlangandan soʻng klubni tark etadi[19].

Doncaster Rovers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 31-iyul kuni Ross Chempionshipga yangi chiqqan jamoa Doncaster Rovers bilan bir yillik shartnoma imzoladi[20]. Klubdagi debyutini mavsuming dastlabki turida oʻtkazdi va uchta gol oʻtkazib yubordi. Ushbu oʻyinda jamoasi Blakpoolga 3-1 hisobida magʻlub boʻldi[21]. 2015-yilning fevral oyi boshida Turnbullning boʻgʻinlaridan olgan jarohati tufayli uch-toʻrt haftaga safdan chiqqani maʼlum boʻladi[22].

Leeds United[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnbull 2015-yilning 15-iyul kuni Leeds United bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi[23]. Turnbull Mark Silvestri bilan 1-raqam uchun raqobat qilishini aytadi [24]. 2015-yil 31-iyul kuni Turnbullga 2015-2016-yilgi mavsum uchun 22-raqam berildi[25].

Turnbull 2015-yilning 12-avgustida Leedsdagi debyutini oʻzining sobiq klubi Doncaster Roversga qarshi League kubogida oʻtkazadi. 1-1 hisobida yakunlangan oʻyinda Doncaster penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib keyingi bosqichga yoʻllanma olgan[26].

2017-yil 17-may kuni Turnbull Leeds bilan shartnomasini uzaytirmaganligi eʼlon qilindi[27].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini yakunlagandan soʻng Turnbull Leedsga raqib darvozabonlari oʻyinlarini tahlil qiluvchi mutaxasis sifatida qoʻshiladi. U bir yildan soʻng 2017-yilda Chelsea klubida ham huddi shu vazifani bajara boshlaydi.

2018-yil mart oyida xohishiy ravishda Turnbull Hartlepool United klubi murabbiylar shtabiga darvozabonlar murabbiyi sifatida qoʻshiladi[28]. 2018-yil may oyida Matyu Bates murabbiy etib tayinlanishi bilan u ham toʻlaqonli bu vazifani egalagan[29]. 2020-2021-yilgi mavsum yakunida Turnbull sobiq Chelsea jamoasi uchun skaut vazifasini bajarishni boshlaydi[30].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning ikki farzandi boʻlib 2008-yilda tugʻilgan Maisy ismli qizi[31] va Josh ismli oʻgʻli bor[32].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublar safidagi statistikasi[33]
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Maqsadlar Oʻyinlar Gollar
Darlington (ijara) 2003–04 Third Division 1 0 1 0
Barnsley (iajra) 2003–04 Second Division 3 0 3 0
Bradford City (ijara) 2004–05 League One 2 0 2 0
Barnsley (ijara) 2004–05 League One 23 0 24 0
Crewe Alexandra (qimmat) 2005–06 Championship 29 0 29 0
Middlesbrough 2005–06 Premyer Liga 2 0 2 0
2006–07 0 0 1 0
2007–08 3 0 3 0
2008–09 22 0 23 0
Umumiy 27 0 29 0
Cardiff city (qarz) 2007–08 Championship 6 0 8 0
Chelsea 2009–10 Premyer Liga 2 0 5 0
2010–11 0 0 2 0
2011–12 2 0 5 0
2012–13 3 0 7 0
Umumiy 7 0 19 0
Doncaster Rovers 2013–14 Championship 28 0 31 0
Barnsley 2014–15 League One 22 0 27 0
Leeds United 2015–16 Championship 0 0 0 0
Umumiy 148 0 174 0

Sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chelsea

Individual

  • Middlesbrough yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2007-2008

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „EFL: Club retained and released lists published“. English Football League (2016-yil 23-iyun). Qaraldi: 2020-yil 15-mart.
  2. „FIFA Club World Cup Japan 2012 presented by Toyota: List of Players“. FIFA (2012-yil 29-noyabr). 2012-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Player Profile: Ross Turnbull“. Premier League. 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-iyul.
  4. Fraser, Paul. „Turnbull's journey from park to Premier League“. The Northern Echo (2008-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
  5. Fay, Chris. „So proud – the junior club where it all began for Ross“. The Northern Echo (2009-yil 4-iyul). Qaraldi: 2009-yil 4-iyul.
  6. „Bluebirds swoop for Boro keeper“. BBC Sport (2007-yil 29-iyul). Qaraldi: 2010-yil 12-mart.
  7. „Ross Returns From Loan Spell“. Middlesbrough F.C.. 2014-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-iyul.
  8. „Fulham complete Schwarzer signing“. BBC Sport (2008-yil 22-may). Qaraldi: 2008-yil 24-avgust.
  9. Steel. „Jones and Turnbull will get their chance - Southgate“. Gazette Live (2008-yil 9-iyul). Qaraldi: 2014-yil 3-iyul.
  10. Hughes, Ian. „Liverpool 2–1 Middlesbrough“. BBC Sport (2008-yil 23-avgust). Qaraldi: 2008-yil 24-avgust.
  11. „Turnbull to Leave Boro“. Sky Sports (2009-yil 5-iyun).
  12. „Chelsea bring in keeper Turnbull“. BBC Sport (2009-yil 2-iyul). Qaraldi: 2009-yil 2-iyul.
  13. Dall, James. „Turnbull up for the fight“. Sky Sports (2009-yil 8-iyul). Qaraldi: 2010-yil 12-mart.
  14. „Reserve report: Chelsea 0 Aston Villa 4“. Chelsea F.C.. 2014-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-iyul.
  15. Dawkes, Phil. „Chelsea 4 – 0 Bolton“. BBC Sport (2009-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 12-mart.
  16. McNulty, Phil. „Chelsea 2 – 2 Apoel Nicosia“. BBC Sport (2009-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 12-mart.
  17. „Chelsea 0 – 1 Inter (agg. 1 – 3)“. BBC (2010-yil 16-mart). Qaraldi: 2010-yil 17-mart.
  18. 18,0 18,1 David Hytner. „Chelsea's keepers of the faith demand more recognition“. The Guardian (2010-yil 24-iyul). Qaraldi: 2011-yil 13-fevral.
  19. „GOODBYE TURNBULL“. Chelsea F.C. (2013-yil 30-iyun). 2013-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-iyun.
  20. „Goalkeeper Ross Turnbull joins new arrivals at Doncaster“. Sky Sports News (2013-yil 31-iyul). Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  21. „Championship: Blackpool open season with 3-1 away win at Doncaster“. Sky Sports (2013-yil 4-avgust). Qaraldi: 2013-yil 4-avgust.
  22. Vitalnetwork Ltd. „Doncaster Rovers - DRFC Turnbull out for a month“. vitalfootball.co.uk.
  23. „Ross Turnbull: Leeds United sign Barnsley goalkeeper“. BBC Sport (2015-yil 15-iyul). Qaraldi: 2015-yil 15-iyul.
  24. „TURNBULL VOWS TO CHALLENGE FOR NO.1“. Leeds United Official Site (2015-yil 16-iyul). Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.
  25. „2015/16 SQUAD NUMBERS ANNOUNCED“. Leeds United Official site (2015-yil 31-iyul). Qaraldi: 2015-yil 31-iyul.
  26. „DONCASTER: UNITED EXIT CUP ON PENALTIES“. Leeds United Official site (2015-yil 12-avgust). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
  27. „2017/18 RETAINED LIST“. Leeds United F.C (2017-yil 17-may). Qaraldi: 2017-yil 17-may.
  28. „Matthew Bates discusses the impact of ex-Sunderland man Ged McNamee and former Chelsea and Middlesbrough keeper Ross Turnbull at Pools“. Hartlepool Mail (2018-yil 20-mart). Qaraldi: 2018-yil 4-may.
  29. „Meet The New Management Team - News - Hartlepool United“. 2018-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  30. „Ross Turnbull sends classy parting message to Hartlepool United ahead of new role at former club Chelsea“. Hartlepool Mail.
  31. Fay, Chris. „So proud – the junior club where it all began for Ross“. The Northern Echo. Newsquest (2009-yil 4-iyul). Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  32. Schilken, Chuck. „Watch goal-scoring toddler upstage a retiring Chelsea veteran“. Los Angeles Times (2013-yil 21-may). Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  33. Ross Turnbull at Soccerbase
  34. „Chelsea's keepers of the faith demand more recognition“. TheGuardian.com (2010-yil 24-iyul).