Kontent qismiga oʻtish

Robin Le Normand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Robin Le Normand
Le Normand Real Sociedad klubi safida, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Robin Aimé Robert Le Normand
Tavallud sanasi 11-noyabr 1996-yil (1996-11-11) (27 yosh)[1]
Tavallud joyi Pabu, Fransiya
Boʻyi 1.87 m[1]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atlético Madrid
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Brest
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013–2016 Brest II 39 (2)
2016 Brest 1 (0)
2016–2019 Real Sociedad B 82 (4)
2018-2024 Real Sociedad 167 (4)
2024- Atlético Madrid 0 (0)
Milliy terma jamoa
2023- Ispaniya 17 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Robin Le Normand – professional futbolchi, La Liganing Atlético Madrid klubi himoyachisi. Fransiyada tugʻilgan boʻlishiga qaramay Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Le Normand oʻzining professional faoliyatini Fransiyaning Brest klubida boshlagan. Asosiy jamoasi tarkibida bor yoʻgʻi bir marotaba maydonga tushga futbolchi 2016-yilda Ispaniyaning Real Sosedad klubi bilan shartnoma imzolagan.

Le Normand 2023-yilda terma jamoasi uchun ilk chaqiruvini oldi va aynan shu yilda Millatlar Ligasi turnirining goʻlibiga aylandi. Yevro 2024 uchun ham Ispaniya terma jamoasi qaydnomasiga kiritldi va ushbu turnirda ham zafar quchdi.

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bretan viloyatining Pabu shahrida tugʻilgan futbolchi faoliyatini mahalliy Brest jamoasining akademiyasida boshlagan[2]. 2013-yilning 21-sentyabrida Lannion klubiga qarshi bahsda zaxira jamao safidagi debyutini oʻtkazgan.

Le Normand oʻzining debyut golini 2016-yilning 19-martida Fugeresda kechgan oʻyinda kiritdi va jamoasining 3-3 hisobida durrang oʻynashini taʼminladi. 15-aprel kuni u Ligue 2 doirasidagi Sochaux klubiga qarshi kechgan bahsda asosiy jamosi safida debyut qildi[3].

Real Sociedad

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Le Normand Real Sociedad jamoasi mashgʻulotlarida, 2018-yil

2016-yilning 5-iyulida Le Normand Real Sosedad bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va Segundada toʻp surayotgan zaxira jamoasi tarkibida faoliyatini davom ettiradigan boʻldi[4]. 2018-yilning avgustida futbolchi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi[5].

Le Normand asosiy jamoasi safidagi debyutini 2018-yilning 26-noyabrida La Liga doirasidagi Celta Vigoga qarshi uchrashuvda oʻtakzdi[6]. 12-fevral kuni Sociedad jamoasi bilan 2022-yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi va 9-iyun kunidan boshlab rasman asosiy jamoa futbolchisiga aylandi[7][8][9].

Héctor Moreno jamoani tark etganidan soʻng Le Normand asosiy tarkibning ajralmas futbochisiga aylandi[10]. U La Ligadagi debyut golini 2019-yilning 30-noyabrida Eibar (4:1) jamoasi qarshi bahsda kiritdi[11]. U 2020-yil 4-iyun kuni shartnomasini 2024-yilgacha uzaytirganini maʼlum qildi[12]. 19-dekabr kuni u Copa del Reyning birinchi bosqichida Tercera División klubi Becerrilga (8:0) qarshi kechga bahsda ham yana bir gol muallifiga aylandi. Futbolchi shuningdek, 2021-yil 3-aprelida COVID-19 pandemiyasi natijasida qoldirilgan finaldagi Basque derbyda ham maydonga tushdi[13]. Athletic Bilbao ustidan g'alaba qozonga Real Sociedad uchun bu 34 yil deganda Copa del Reydagi ilk chempionlik bo'ldi[14].

Le Normand 2021-yil oktabr oyida La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[15] va bu natijaga erishgan 2014-yildan buyon bu natijaga eshigan Atlético Madrid futbochisi Diego Godíndan keyingi ilk himoyachi bo'ldi[16]. U 2021-2022-yilgi mavsumda 51 o‘yinning 48 tasida maydonga tushdi, faqat bir marotaba chetlatish sabab liga o‘yini o‘tkazib yubordi. Mavsum yakunida futbochi shartnomasini 2026-yilga qadar uzaytirdi[17].

Atlético Madrid

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilning 27-iyulida Atlético Madrid Real Sociedad jamoasi bilan Le Normand transferi borasida kelishuvga erishganini ma'lum qildi[18].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil may oyida Ispaniya Vazirlar Kengashi davlatda deyarli yetti yil yashaganidan so'ng Le Normandga Ispaniya fuqaroligini berdi, ya’ni u Ispaniya terma jamoasida o‘ynash huquqini qo'lga kiritdi[19]. 2-iyun kuni u UEFA Millatlar Ligasi uchun terma jamoasining yakuniy qaydnomasiga kiritldi. 13 kundan so‘ng Italiya ustidan jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan yarim final o'yinida debyut qildi[20]. Ushbu bahda u yana bir Fransiyada tug'ilgan futbolchi Aymeric Laporte bilan birga markaziy himoyada to'p surdi. 18-iyun kuni Xorvatiya terma jamoasiga qarshi bahsda ham asosiy tarkibda maydonga tushdi[21]. Penaltilar seriyasida g'alaba qozongan ispanlar turnir g'olibiga aylanishdi[22].

2023-yilning 19-noyabrida Yevro 2024 saralashi doirasida Gruziyagav qarshi bahsda Le Normand terma jamoa safidagi debyut golini kiritdi[23].

Le Normand 2024-yil iyul oyida e'lon qilingan Ispaniya terma jamoasining Yevro 2024 turniri uchun yakuniy qaydnomasidan joy oldi. Yakunda jamoadoshlari qatorida turnirning g'olibiga aylandi[24].

Real Sociedad

Spain

Individual

  1. 1,0 1,1 „Robin Le Normand“. Real Sociedad. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  2. „Stade Brestois: Robin Le Normand rejoint la Real Sociedad“ [Stade Brestois: Robin Le Normand joins Real Sociedad] (fr). Ouest-France (2016-yil 4-iyul). Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.
  3. „FC Sochaux-Montbéliard 1–0 Stade Brestois 29“. Ligue 1. Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.
  4. „Robin Le Normand, Sanse's new incorporation“. Real Sociedad (2016-yil 5-iyul). Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.
  5. „El central francés Le Normand amplía su contrato hasta 2020“ (Spanish). El Diario Vasco (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
  6. Fernández, Iñaki. „Oyarzabal se recupera a tiempo y Le Normand entra por Aritz“ (Spanish). Gipuzkoa Gaur (2018-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
  7. „Three more years“. Real Sociedad (2019-yil 12-fevral). Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.
  8. „La Real Sociedad renueva a Kevin Rodrigues y Robin Le Normand hasta junio de 2022“ (Spanish). Naiz (2019-yil 12-fevral). Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
  9. „Promote to the first team“. Real Sociedad (2019-yil 9-iyun). Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.
  10. „Le Normand, la gran apuesta de la Real Sociedad“ [Le Normand, the great bet of Real Sociedad] (Spanish). El Desmarque (2020-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  11. „Odegaard helps Real Sociedad to big win over Eibar“. Marca (2019-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  12. „Le Normand renews at Real Sociedad until 2024“. Be Soccer (2020-yil 4-iyun). Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  13. „Los últimos equipos de Primera no fallan en la Copa“ (Spanish). Levante-EMV (2019-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 5-aprel.
  14. 14,0 14,1 „Athletic Club 0-1 Real Sociedad: result, summary, goal“. AS.com (2021-yil 4-aprel). Qaraldi: 2021-yil 3-aprel.
  15. 15,0 15,1 „Robin Le Normand named LaLiga Santander Player of the Month for October“. Página web oficial de LaLiga | LaLiga.
  16. Huchet, Arnaud. „ENTRETIEN. " Les Bleus restent un objectif " dit Robin Le Normand, le Breton qui a conquis l’Espagne“ (French). Ouest-France (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2023-yil 25-may.
  17. Ramajo, Roberto. „Le Normand renueva hasta 2026“ (Spanish). Diario AS (2022-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 25-may.
  18. „Agreement with Real Sociedad for the transfer of Robin Le Normand“. Atlético Madrid (2024-yil 27-iyul). Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
  19. „Robin Le Normand a obtenu la nationalité espagnole“ (French). L'Équipe (2023-yil 24-may). Qaraldi: 2023-yil 24-may.
  20. „Robin Le Normand appelé avec l'Espagne“ (French). L'Équipe (2023-yil 2-iyun). Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.
  21. Pettit, Mark. „Spain 2-1 Italy: Joselu sends La Roja back to final“. UEFA (2023-yil 15-iyun). Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  22. „Spain win Nations League: Croatia edged out on penalties“. UEFA (2023-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
  23. „Spain's Gavi suffers knee injury in 3-1 Euro qualifying win over Georgia“. Reuters (2023-yil 20-noyabr).
  24. „OFFICIAL | Final Spain squad for the Euro 2024 finals“. Royal Spanish Football Federation (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
  25. Lowe, Sid. „Real Sociedad beat Athletic to claim Copa del Rey and Basque glory“. The Guardian (2021-yil 3-aprel). Qaraldi: 2021-yil 3-aprel.
  26. UEFA.com „Spain 2-1 England | UEFA EURO 2024 Final“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  27. Smith, Emma. „Spain win Nations League final on penalties“. BBC Sport (2023-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.