Robert Garayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Robert Garayev
tatarcha: Роберт Наиль улы Гәрәев
Tavalludi 1976-yil 8-fevral
Kasbi yozuvchi, qoʻshiqchi, jurnalist
Turmush oʻrtogʻi Maya Garayeva
Bolalari Yakov Garayev
Ota-onasi Nail Garayev, Asiya Garayeva

Robert Nailevich Garayev (tatarcha: Роберт Наиль улы Гәрәев) — Rossiyalik jurnalist, qoʻshiqchi, yozuvchi. „Yigit soʻzi. 1970-2010-yillar jinoiy Tataristoni“ hujjatli asari muallifi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garayev 1976-yil 8-fevralda Qozon shahrida dunyoga keladi. Akademik Korolyov koʻchasida katta boʻladi. 49-sonli maktab yonida yashashiga qaramay 94-sonli gimnaziyada (shuningdek maktab yonidagi musiqa maktabida) tahsil oladi[2]1989-yil, 14-yoshida Robertni kamsitadigan va undan pul talab qiladigan tengdoshi paydo boʻladi. Garayev unga pul berishni xohlamasdi va shunda parallel sinfdagi doʻstlari unga „Quyilar“ birlashgan jinoiy guruhiga (ruscha OPG) aʼzo boʻlishni taklif qilishadi va Garayev bunga jon deb rozi boʻladi[3]. 1991-yilda Robert jinoiy uyushmani tark etadi va otasining uyiga koʻchib oʻtadi[4].

Jinoiy guruhlar bilan aloqasini uzganidan soʻng Rober Garayev Qozon universitetining tarix yoʻnalishiga oʻqishga kiradi[3]. Universitetdagi oʻqish davrida didjeylik qilib pul topishni boshlaydi va shu sababli 2004-yilda „16 tonna“ klubida „Oltin Gorgulya“ mukofotini oladi[5][6]. 2000-yilda Moskvaga koʻchib oʻtadi va „Maroqli hordiq“ jurnali redaktoriga aylanadi. Jurnalning „klublar“ boʻlimi uchun maqolalar yozadi[7]. Shuningdek Heavy Metal DJs guruhida tarkibiga faoliyat yuritadi[8][9]. Yahudiylar muzeyida kurator boʻlib ishlagan davrida oʻzi ham aloqador boʻlgan „Qozon fenomeni“ haqida oʻrganishni boshlaydi[10]. Uning izlanishlari faqatgina mavzu haqida ilmiy maqolalar oʻqish bilan cheklanib qolmaydi. U jinoiy guruh aʼzolari va politsiya xodimlari bilan juda koʻplar intervyular uyushtiradi[10]. 2020-yilda u „Yigit soʻzi. 1970-201-yillar jinoiy Tatarstoni“ asarini eʼlon qiladi. 2023-yil dekabrida yozuvchi ayollar jinoiy uyushmalari haqida ham asar yozishini eʼlon qildi.

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Какое страшное было время». Писатель Роберт Гараев рассказал, как прокуратура проверяла «Слово пацана»“ (ru). fontanka.ru - новости Санкт-Петербурга (2023-yil 5-dekabr). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  2. „Архивная кинозарисовка Аркадия Орешникова, снятая в 1992 году на кинопленку казанского завода "Тасма" с пацанами из группировки "Урицкие". "Урицкие" - казанская группировка 1970/1980-х, в 1990-е была поглощена "Московской бригадой". Ореолом обитания группировки был Парк Урицкого в Московском районе Казани и соседние улицы Королева и Гагарина. Сборы были в Парке Урицкого или в подростковом клубе "Патриот". Рядом находились группировки "Пентагон", "Чайники", "Низы", "Хитрый двор". Системообразующая школа была 99-я. Впервые об "Урицких" в городе узнали 8 февраля 1976 года, когда на дискотеку в ДК Урицкого приехал автобус "тепловских" и поколотил всю дискотеку.“. ВКонтакте (2020-yil 17-oktyabr). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Мария Фролова. „«От одного удара проламывался череп». Он участвовал в войне уличных банд Казани в 90-х. Кровь проливали даже школьники“. Лента.ру (2018-yil 19-may). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  4. „Автор «Слова пацана» рассказал о своей жизни после побега из банды - Газета.Ru | Novosti“ (ru). Gazeta. Ru (2024-yil 4-yanvar). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  5. „Top of the Pop: DJ Роберт Гараев ака Porno SS | Muzika i klubi | Time Out“ (ru-RU). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  6. „Диджей Роберт Гараев о казанском феномене — Реальное время“ (ru). m.realnoevremya.ru. 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  7. „Jimi Tenor - Back in USSR“ (ru). m.vashdosug.ru. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  8. „Heavy Metal DJs“ (ru). Facebook.com. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  9. „Heavy Metal DJs“ (en). SoundCloud. 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  10. 10,0 10,1 Pavlyuk-Pavlyuchenko, Nikita „Robert Garayev, «Yigit so'zi.1970-2010-yillar jinoiy Tatarstoni» kitobi muallifi: Men ham jinoiy guruhga a'zo edim“. Сноб. 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.