Sergey Korolyov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Sergey Pavlovich Korolyov (ukrain: Сергі́й Па́влович Корольо́в) [1906. 30.12(1907.12.1), Jitomir – 1966.14.1, Moskva] — raketa-kosmik sistemalari boʻyicha rus olimi, konstruktor, akademik (1958). Kosmik fazoni oʻzlashtirish tarixidagi dastlabki yutuqlar Korolyov nomi bilan bogʻliq. 1924-yil Odessadagi professional qurilish maktabini tugatgan. Kiyev politexnika institutini (1926), Moskva Oliy texnika bilim yurtini va ayni vaqtda, Moskva uchuvchilar maktabini tugatgan (1930). K.E.Siolkovskiy ishlari bilan tanishgach, Korolyov raketa tipidagi uchuvchi apparat yaratish gʻoyasi bilan qiziqadi. Korolyov rahbarligida 1933-yil avgustda suyuq yonilgʻili birinchi raketa "GIRD09" uchirildi. 1933-yil oxiridan Reaktiv i-tda, 1942–46 yillarda Konstruktorlik byurosi boʻlimida ishladi. U boshqariladigan kanotli raketa (1939-yil uchirilgan) va raketa-planyor (1940-yil uchirildi) loyihasini ishlab chiqqan. Korolyov seriyalab ishlab chiqariladigan harbiy samolyotlarga suyuq yonilgʻili raketa tezlatkichlari oʻrnatish masalasi bilan shugʻullangan. Korolyovning keyingi ilmiy faoliyati qudratli raketa sistemalari yaratishga qaratildi. Uning rahbarligida ballistik va geofizik raketalar, eltuvchi raketalar, bortida kosmonavtlari boʻlgan"Vostok" va "Vosxod" kosmik kemalari, Yer va Oy sunʼiy yoʻldoshlari yaratilgan. Oy, Venera va Marsga uchirilgan avtomatik stansiyalar, "Elektron", "Molniya-1", "Kosmos", "Zond" seriyasidagi sunʼiy yoʻldoshlar ham Korolyov rahbarligida ishlab chiqilgan. Oyning teskari tomonidagi talassoidga. Korolyov nomi berilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Raqstniy polyot v stratosfere, M., 1934.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Astashe n kov P. T., Akademik S. P. Korolyov, M., 1969; Romanov O. P., Konstruktor kosmicheskix qorabley, 2 izd., M., 1971.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |