Kontent qismiga oʻtish

Rezaksoy suv ombori

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rezaksoy suv ombori — Qurama togʻ tizmalaridan oqib tushadigan rezaksoy daryosida qurilayotgan gidrotexnika inshooti. Namangan viloyatidagi Chust shahridan 5 km uzoqlikda joylashgan. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv bilan taʼminlash maq-sadlariga xizmat qiladi. Suv ombori qurilishi 2003-yilda boshlangan (qurilish davom etmoqda, 2005). Oʻzanli tip-da. Rezaksoy suvini mavsumiy tartibga soladi. Loyihaga koʻra toʻgʻoni uz. 3200 m, bal. 80 m, toʻliq sigʻimi 200 mln. m3. Rezaksoy suv omborio. tarkibida tosh-tuproqli toʻgʻon, Sirdaryoga va Shimoliy Fargʻona kanaliga 40 m3/s dan suv berish imkoniyatiga ega boʻlgan 2 inshoot hamda suv tashlama inshootlar bor. Suvi Namangan viloyati yerlarini sugʻorishda foydalaniladi.