Kontent qismiga oʻtish

Remzi Burnash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Remzi Kerimovich Burnash
Tavalludi 1920-yil 17-iyun
Tav-Dayir, Simperopol uyezdi
Vafoti 1982-yil 10-may
Haqqulobod, Namangan viloyati
Fuqaroligi SSSR
Taʼlimi Yalta pedagogika texnikumi
Saratov universiteti
Kasbi shoir va oʻqituvchi
Mashhur ishlari “Yürek sırları” (“Yurak qo‘shiqlari”)
“Edep çoqrağı” (“E’zoz bulog‘i”)
“Mayıs sabası” (“May tongi”)
“Saylama eserler” (“Tanlangan asarlar”)
Mukofotlari "Leningrad mudofaasi uchun" medali
Qizil Yulduz ordeni

Remzi Kerimovich Burnash (qrim tatarcha: Remzi Burnaş; 1920-yil 17-iyun, UkrainaSimferopol uyezdi Tav-Dayir qishlog'i — 1982-yil 10-may, Namangan viloyati, Haqqulobod) — sovet qrimtatar shoiri va oʻqituvchisi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Rezmi Burnash 1920-yil 17-iyunda Simferopol uyezdi Tav-Dayir qishlogʻida tavallud topgan[1].

Dastlab Simferopoldagi 13-sonli qrim-tatar namunali maktabida tahsil olgan. Keyinchalik, 1938-yilda Yalta pedagogika texnikumini tugatgan, shundan so‘ng maktab o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yurita boshlagan[1]. 1930-yillardan boshlab uning adabiy asarlari turli matbuotlarda nashr etila boshlangan[1].

Remzi Burnash 1939-yilda Simferopol tumani harbiy komissarligidan Qizil Armiya safiga chaqirtirilgan. Leningrad jangi qoʻshinlari tarkibida Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan, jang davomida uch marta yaralangan. Urush davomida Remzi Burnash 367-alohida armiya muhandislik batalyonida va 175-Luj muhandis-sapyorlar batalyonida kimyoviy boʻlim boshligʻi boʻlib xizmat qilgan. Janglarda koʻrsatgan jasorati va qahramoligi uchun leytenant unvonini bilan taqdirlangan. Shuningdek, „Leningrad mudofaasi uchun“ medali va Qizil Yulduz ordeni bilan ham taqdirlangan[1].

Urush tugagach, qrimtatarlarning deportatsiya qilinishi natijasida Oʻzbekiston SSR Namangan viloyatining Haqqulobod qishlogʻiga kelgan va Namangandagi maktablardan birida oʻqituvchi boʻlib faoliyat olib borgan[1]. 1956-yilda Saratov universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan[2].

Remzi Burnash „Doğmuşlar“ („Qarindoshlar“, 1964), „Mavı sailler“ („Moviy qirg‘oqlar“, 1966), „Oktâbr yolunen“ („Aziz oktyabr“, 1968) kabi bir qancha sheʼrlari turli to‘plamlarda nashr etilgan. Remzi Burnash, shuningdek, „Yürek sırları“ („Yurak qo‘shiqlari“, 1970), „Edep çoqrağı“ („Eʼzoz bulog‘i“, 1975), „Mayıs sabası“ („May tongi“, 1981) „Saylama eserler“ („Tanlangan asarlar“, 1994) kabi koʻplab sheʼriy to‘plamlari muallifi hisoblanadi[2].

Remzi Kerimovich Burnash 1982-yilning 10-may sanasida Namangan viloyati Haqqulobod qishlogʻida vafot etgan[2].

  • Ablyalimov M. Oja ve shair // Yildiz. 1980 yil. 3-son
  • Shemy-zade E. Remzi Burnashnyn yany manzumeler el’yazmasi akkunda bazi bir kaydlar // Edebiy vetenkidy makaaleler, 2000
  • Fazyl R., Nagaev S. Kyrymtatar edebiyatyn tarixi: qiska bir nazar. 2001 yil
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Абдураимов Васви, Хуршутов Асан. „Бурнашев Ремзи Керимович (1920 - 1982)“ (ru). Милли Фирка (2020-yil 30-noyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Кандимов Ю. У. „Бурнаш Ремзі Керимович“ (uk). Енциклопедія Сучасної України (2004). 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.