Rampampam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Rampampam“
Minelli qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 18-mart 2021-yil
Janr House
Davomiyligi 3:20
Leybl Global
Matn muallif(lar)i Minelli
Prodyuser(lar) Viky Red
Minelli xronologiyasi
„Discoteka“
(2020)
Rampampam
(2021)
„Nothing Hurts“
(2021)
Klipi
„Rampampam“ YouTubeda

Rampampam“ rumin qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi Minelli ijro etgan qoʻshiqdir. 2021-yilning 18-martida Global Records leyblida singl oʻlaroq raqamli formatda eʼlon qilingan. Qoʻshiq matnini Minellining oʻzi yozgan. Qoʻshiqqa Viky Red produserlik qilgan.

„Rampampam“ qoʻshigʻi Bolgariya, Chexiya, Vengriya, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH), Litva va Rossiya xit-paradlarida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarilgan. Tarona Polsha fonografiya sanoati jamiyati tomonidan 3× platina setifikati bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, qoʻshiq uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Kobzzon rejissorlik qilgan. Klip 2021-yilning 18-martida Minellining YouTube kanalida eʼlon qilingan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Minelli - Rampampam | Official Video“. YouTube (18-mart 2021-yil). 24-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2021-yil.