Rahimjon Otayev (Otauli)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Otauli (Rahimjon Otayev) — Oʻzbekiston davlat mustaqilligi yillarida faol ijod qilayotgan taniqli adib, tarjimon, publitsist va munaqqid. U 1949-yilda Chimkent viloyatining Turkiston tumanidagi Chipon qishlog'ida tug'ilgan. 1973-yilda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. O'rta maktabda o'qituvchi, Oʻzbekiston Xalq ta'limi vazirligida uslubchi, Respublika Matbuot va axborot agentligida maslahatchi muharrir bo'lib ishlagan. 1983-yildan buyon O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qiladi.

Otaulining „Osmon to'la yulduzlar“ falsafiy essesi, „Surnay navolari“ qissalar va turkum badialar to'plami, „Tilsim (Turkiston dostoni)“, „Elchi (Afandi o'lmaydigan bo'ldi)“, „Ulus (Forobiyning do'sti)“, „Zamona zayli“ nasriy dostonlari nashr etilgan. Gazeta-jurnallarda yozuvchining ko'pgina qissalari, hikoyalari, badialari, publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalari e'lon qilingan. Eron adibi Muhammad Ali Jamolzodaning „Sho’robod“ asarini, Fozil Iskandarning „Quyonlar va bo'g'ma ilonlar“ falsafiy ertagini – rus tilidan, Muxtor Mag'avinning „Tiriklik qo'shig'i“ va Abish Kekilboevning „Poygato'riq“ qissalarini – qozoq tilidan, To'lepbergen Qaipbergenov va Ollonazar Abdievning bir qator asarlarini – qoraqalpoq tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Yozuvchi 1984-yilda Eng jumboq tuyg'u publitsistik maqolasi uchun „Sharq yulduzi“ jurnalining yillik mukofoti, 1995-yilda „Tilsim (Turkiston dostoni)“ asari uchun Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasining Alp Jamol mukofotiga sazovor bo'lgan. 2000-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Havolalar[tahrir]

Internetdagi elektron kutubxonalarda[tahrir]