Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi — yozuvchilarning koʻngilli ijodiy jamoat tashkiloti. 1934 yil 8— 11 martda boʻlgan Oʻzbekiston yozuvchilarining 1qurultoyida tashkil etilgan. Bungacha ular turli toʻgarak va uyushmalar holida faoliyat koʻrsatgan. Jumladan, 1919 yil "Chigʻatoy gurungi" nomli adabiy toʻgarak atrofida uyushgan jadidlar oʻzbek milliy adabiyotining shakllanishiga hissa qoʻshgan. 1926 yilda Samarqandda "Qizil qalam" nomli adabiy tashkilot tuzilgan, bu tashkilotning Qoʻqon, Fargʻona, Namanganda mahalliy shoxobchalari ish olib borgan.

Oʻ.Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasining birinchi raisligiga adabiyotshunos Rahmat Majidiy saylangan. Turli yillarda Oʻ.Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasiga H.Olimjon, Oybek, Sh.Rashidov, Uygʻun, A.Qahhor, B. Rahmonov, S. Azimov, Oʻ.Umarbekov, O. Yoqubov va boshqalar rahbarlik qilgan. 1996 yildan uyushma raisi A. Oripov. Uyushmaning 700 dan ortiq aʼzosi bor. Viloyatlarda oʻz boʻlimlariga, Doʻrmon qishlogʻida ijod uyiga, shifoxona maskani, Adabiyot jamgʻarmasi va nashriyotiga ega. Muassisligida "Sharq yulduzi", "Zvezda Vostoka", "Yoshlik" jur.lari hamda "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati", "Yozuvchi" gaz.lari chop etiladi. 2002 yilda Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima kengashi tashkil etildi.