Rahima Aminova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rahima Hodiyevna Aminova (1925.18.11, Qoʻqon) – tarixchi olima, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan ar-bobi (1985), tarix fanlari doktori (1963), professor (1968). Oʻrta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini bitirgan (1948). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida ilmiy xodim (1953– 57), boʻlim mudiri (1957–93), yetakchi ilmiy xodimi (1993 ydan). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda sanoat ishchilari tarixi, agrar masala, xotin-qizlar harakati va boshqa mavzularga bagʻishlangan. Oʻzbekiston xotin-qizlari orasida jamoat ishlari olib borgan. A. 13-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Moskva, 1970), 14-Xalqaro tarix fanlari kongressida (San-Fransisko, 1975), 9-Jahon sotsiologlari kongressida (Up-sala shahri, Shvesiya 1978), 10-Jahon sotsi-ologlari kongressida (Mexiko, 1982), 16-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Shtutgard shahri, 1985), AQShda boʻlib oʻtgan Xalqaro tarixchilar ilmiy konfe-rensiyasida (1986), shuningdek Efiopiya, Jazoir, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda oʻtkazilgan xalqaro simpozium va konfe-rensiyalarda ilmiy ma’-ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil