Rahim Axmedov
Rahim Axmedov | |
---|---|
Tavalludi |
26-iyul 1921-yil |
Vafoti |
9-iyul 2008-yil (86 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Rahim Ahmedovich Axmedov (1921.26.7, Toshkent — 2008.9.7) — rassom. Oʻzbekiston xalq rassomi (1961). Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy aʼzosi (1997). Toshkent badiiy bilim yurti (1937-41) va Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutida (1947-53) taʼlim olgan. 1953-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqituvchi, 1976-yildan professor Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaru-vi raisi (1965-84, 1992-94). A. asarlari chukur psixologik ifodaliligi bilan ajralib turadi, ularda ichki kechin-malar, his-tuygʻular mohirona ifodalangan. Ijodini aso-san portretlar chizish bilan boshlagan („Qahramon ona“, 1949, „Choʻpon“, 1952, „Student qiz portreti“, 1954 va boshqalar). Rassom yaratgan portretlar („Ona oʻylari“, „Keksa kolxozchi portreti“, 1956; „Oʻzbek qizi portreti“, 1958; „Qashqadaryolik ayol“, 1959; „Mehnatda ham soldat“, 1961; „Surxondaryolik ayol“, 1962; „Muqimiy“, 1968; „Nigora“, 1971; „U. Tansiqboyev“, 1972; „Lola portreti“, 1979; „Nabi Rahimov“, 1983; „Shuhrat Abbosov“, 1987 va boshqalar) oʻzbek tasviriy sanʼatida portret janrining rivojiga katta hissa boʻlib qoʻshildi. Manzaralar („Bahor“, 1964, „Nahor. Oqtosh bahori“, 1971 va boshqalar), natyurmortlar („Natyurmort“, 1954, „Natyurmort“, 1965 va boshqalar) ham yaratgan. Turli sharoitlarda aks ettirilgan ayollar obrazlari („Qoʻshiq“, 1964; „Yanvar. 1924-yil“ va boshqalar) ham jozibalidir. Asarlari Oʻzbekiston sanʼat muzeyi, Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi, Sharq xalqlari sanʼati muzeyi va boshqalarda saqlanadi. Asarlari 1948-yildan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etiladi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (1998).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
- 26-iyulda tugʻilganlar
- 1921-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 9-iyulda vafot etganlar
- 2008-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomlari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari