Qusam ibn Abbos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qusam Ibn Abbosdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qusam Ibn Abbos (taxminan 624677) — sahoba. Muhammad (sav)ning amakivachchasi. Xalifa Ali ibn Abu Tolib davrida Makka voliysi boʻlgan. Muoviya davrida Xuroson voliysi Said ibn Usmon bilan birga Oʻrta Osiyoni fath etishda qatnashgan. Manbalarda aytilishicha, Said dinni kuchaytirmoq va shariat hukmlarini yurgizmoq maqsadida Q. ibn A.ni bir necha islom qoʻshini bilan Samarqandda qoldirgan. 677 yil sugʻdiylar Samarqandga hujum qilganda Q. ibn A. shahid boʻlgan. Banu nojiya qabristonida gʻor yonida (boshqa manbalarda — gʻoziylar yonida) dafn etilgan. Sulton Sanjar Moziy (1118—1157) zamonasida oʻsha qabristonda "Qusamiya" madrasasi solingan. U Obi mashhad arigʻi yaqinida boʻlgan. Amir Temur davrida ushbu mozor ustiga imorat qilinib, turli bezaklar bilan bezatilgan. Xalq orasida Shohizinda ("Tirik shoh") nomi bilan mashhur boʻlgan bu yodgorlik oʻrta asr meʼmorligining noyob obidalaridan sanaladi.