Qudrat Suyunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qudrat Suyunov (1919.6.2, Narpay tumanidagi Ingichka qishlogʻi — 1943.12.9, Chernigov viloyati Korop tumanidagi Obolonye qishlogʻi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941 yildan frontda. 109oʻqchi polki (Markaziy front 13armiya, 74oʻqchi diviziyasi) boʻlinma komandiri. Chernigov viloyatining Korop tumanidagi Obolonye kishlogʻi yaqinida Desna daryosining oʻng sohilida platsdarmni kengaytirish uchun boʻlgan jangda dushman ambrazurasini koʻkragi bilan toʻsib, qaxramonlarcha halok boʻlgan. 1943 yil 16 noyabrda Qahramon unvoni berilgan. Narpay tumanidagi 61maktabga nomi berilgan. Samarqand viloyatining Oqtosh shahri va u halok boʻlgan qishloqda qahramonning byusti oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil