Qozi Latif madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Qozi Latif madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Qozi Latif madrasasi Kokilai xo‘rd guzarida joylashgan bo‘lib, 28 hujradan iborat bo‘lgan. U Amir Muzaffarxon davrida hijriy 1295-yili (1878) qurilgan. Vaqfli edi, hujjati hozirgi kungacha yetib kelgan. Hijriy 1331-yil jumad ul-avval oyida (1913-yil aprel' – may) bu joyda qori Zakariyo mudarrislik qilgan. Bungacha u Kahband madrasasida ham dars bergan. Bemor talabalar ro‘yxatida bu o‘quv dargohida mulla Omonulla va Sayyidxoja rishta kasaliga chalingani bildirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 483.