Qosimxoja madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Qosimxoja madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Qosimxoja madrasasi Shahriston dahasiga qarashli Alamnarason (Mavlona Sharif) guzarida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qosimxoja ibn Muhammad Shafi'xoja hijriy 1231-yili (1815 – 1816) mazkur madrasa uchun Xutfar va Poyirud tumanidagi Qo‘rg‘ontepa, Shirgaron mavzelarida 50 tanob yer; Xoja Alamnarason guzarida 2 ta hovli vaqf qilgan. Hujjat qozi ul-quzzot Abul Hasanxoja ibn Asomiddinxoja muhri bilan tasdiqlangan. Yana bir hujjatda mazkur madrasa haqida gap boradi: “Qosimxoja madrasasi mudarrisi mulla Mavlon kambag‘alligi tufayli Fathulloh qushbegi madrasasidagi mulla Umarning bo‘sh qolgan bir hissa dars o‘rnini olishdan umidvor bo‘lib janobi oliyni duo qilgan. Maoshi 25 tilla. Mulla Miyon Fazl Malik go‘rxonasi hujralarida dars beruvchi mulla Zaynulbashar kambag‘alligi tufayli Qosimxoja madrasasi mudarrisi mulla Mavlonning bo‘sh qolgan darsi o‘rniga o‘tishdan umidvor bo‘lib janobi oliyni duo qiladi. Maoshi 12 tilla”.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 486.