Qoraqoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoraqoʻl (1889-1921 va 1939-90 yillarda Prjevalsk) — Qirgʻiziston Respublikasi Issiqkoʻl viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Terskay Olatovining shimoliy etagida, Qoraqoʻl daryosi boʻyida. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 64,3 ming kishi (1999). 1871 yildan Jetisuv viloyatidagi uyezd shahri. Oziq-ovqat, meva-sharob, gʻalla mahsulotlari, shu jumladan, non, baliq zavodlari, sut, goʻsht kombinatlari va yengil sanoat (poyabzal va tikuvchilik fabrikalari); elektr-texnika zavodi, elektr issiklik markazi, aeroport bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi (temir-beton qorishmalari, gʻisht-shagʻal zavodlari). Pedagogika instituti, Issiqkoʻl universitetining oliy iqtisod kolleji, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Q. atrofida "Oqsuv" va "Jetioʻgʻiz" balneologik kurortlari joylashgan.