Qor malikasi
Asar uchun Yelena Ringo chizgan rasm | |
Asl nomi | Snedronningen |
---|---|
Muallif(lar) | Hans Christian Andersen |
Til | dan |
Janr(lar)i | ertak |
Nashr etilgan sanasi | 1844 |
„Qor malikasi“ (dancha: Snedronningen) — dan yozuvchisi Hans Christian Andersen qalamiga mansub ertak. Ilk bor 1844-yilning 21-dekabrida „Yangi ertaklar. Birinchi jild. Ikkinchi toʻplam. 1845“ (dancha: Nye Eventyr. Første Bind. Anden Samling. 1845) toʻplamida chop etilgan. Asarda Gerda va uning doʻsti Kay misolida yaxshilik va yovuzlik oʻrtasidagi kurash haqida hikoya qilinadi.
7 boʻlimga boʻlingan „Qor malikasi“ muallifning eng uzun va eng mashhur ertagidir. Asar Andersen qalamiga mansub koʻplab ertaklar toʻplamlariga kiritilgan. Ertak dunyoning oʻnlab tiliga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Qor malikasi“ ertagida Kay ismli bola va Gerda ismli qizcha boshidan kechirgan sarguzashtlar haqida hikoya qlinadi. Kayni Qor malikasi oʻz qasriga olib ketadi. Malika uning yuragiga muz parchasini joylashtiradi. Natijada bolakay qoʻpol va shafqatsiz boʻlib qoladi.
Gerda qoʻrqmasdan Gerda qasriga boradi. U Kayni topadi, ammo doʻsti oʻzgarib qoglanini payqaydi. Shunday boʻlsa-da, Gerda oʻz mehri bilan Kayning muzlagan yuragini eritishga muvaffaq boʻladi. Kay va Gerda Qor malikasini yolgʻiz qoldirib, yanada yaqinroq doʻstlar oʻlaroq uyga qaytadilar.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kay (talaffuzi: Kay) – katta shaharda yashovchi kichik bolakay, Gerdaning doʻsti
- Gerda (talaffuzi: Gerda) – Kayning qoʻshnisi, doʻsti
- Qor malikasi – qor bilan dunyo kezuvchi malika
- Troll – voqelikni oʻzgartiruvchi koʻzgularni yasaydigan yovuz qahramon
- Buvi – Kayning buvisi
- Sehrgar kampir – Gerdani oʻzi bilan olib qolishga urinuvchi sehrgar
- Qargʻa – yovvoyi qargʻa
- Oʻrgatilgan qargʻa – Qor malikasi saroyida yashovchi qargʻa, yovvoyi qargʻaning doʻsti
- Malika – Gerdaga yordam beruvchi malika
- Shahzoda – kelib chiqishi kambagʻal oiladan boʻlgan shahzoda
- Oʻgʻri kampir – Gerdani ushlab olgan oʻgʻrilarning biri
- Oʻgʻri qizaloq – oʻgʻrilar kattasining qizi
- Bae (talaffuzi: Bey) – Gerdani qor malikasi saroyiga eltuvchi bugʻu
- Saam ayol - Gerda va Baega yordam beruvchi saam ayol
- Fin ayol – Qor malikasi qasri yaqinida yashovchi fin ayol
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Qor malikasi haqida turkum mavjud |