Finlar
Jump to navigation
Jump to search
Finlar (oʻzlarini suomalayset deb atashadi) — xalq, Finlyandiyaning asosiy aholisi (4,65 mln. kishi), umumiy soni 5,43 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, RF da 47,1 ming kishi (1989). Fin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — protestantlar (lyuteranlar). Boltiqboʻyi fin xalklarining ajdodlari Finlyandiyaning jan. ga miloddan avvalgi 3ming yillikda kelib joylashgan. Ular astasekin shim.ga siljib, hozirgi saamlar (loparlar) ajdodlarini siqib chiqarishgan. Jan.garbiy (sumi yohud suomi), markaziy (yemi — yohud xyame), sharqiy (korela yohud karyala qabilalari gʻarbiy guruhi) qabila guruxlarining birlashuvi negizida fin elati shakllangan. F.ning koʻpchiligi sanoatda band.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |