Qo‘rqmas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoʻrqmas (Без страха)
Rejissyor(lar) Ali Hamroyev
Ssenariynavis(lar) Komil Yashin, Fridrix Gorenshteyn
Rollarda Rustam Sagdullayev, Yoqub Ahmedov, Tamara Shakirova, Dilorom Qambarova
Bastakor(lar) Rumil Vildanov
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1971
Davomiyligi 70 min.
Mamlakat Sovet Ittifoqi SSSR

Qoʻrqmas — kinorejissor Ali Hamroyev tomonidan 1971-yil olingan sovet filmi boʻlib, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan. Ikkinchisi inqilobiy-tarixiy trilogiyasini ichiga olib “Favqulodda qoʻmondon” (1970) — “Qoʻrqmas” (1972) — “Yettinchi oʻq” (1972) deb nomlanadi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmdagi asosiy gʻoya — hayotdan olingan: kommunistlar tomonidan Sharqda ayollar zulmiga qarshi boshlangan hujum.   1927-yil. Oʻrta Osiyo, Oʻzbekiston SSR. Qishloq kengashi raisi Qodir oʻtgan zamon diniy aqidaparastlikdan qolgan, qishloqdagi ayollarni paranji tashlashga undash — ayollarni tahqirlash, xoʻrlash, erkak va ayol teng koʻrilmasligiga qarshi kurash olib borardi.

Ammo qishloq ayollarini oʻzlariga qulay boʻlgan turmush tarzini oʻzgartirishni istamaydigan, diniy amaldorlar orqasiga yashiringan haligacha oʻziga ishongan beklar qoʻrqitardi. Qodirning rafiqasi Gulsara ham otasini jahldorligidan qoʻrqib yuzini ochishga qoʻrqardi Lekin mahalliy imom Qodir tomonida edi. Uning aytishicha, Alloh ayollarni xoʻrlanishini istamaydi. Diniy aqidaparastlikni qarshi qoʻyilgan spektakldagi aktyorlar bosmachilar tomonidan savalanardi.

Komsomol Qumri qishloqda birinchi paranji tashlaganda diniy aqidaparast ishqibozlari tomonidan vahshiylarcha oʻldiriladi.

Tuman markazidan kelgan Qodir va partiyadan chiqqan Usubaliyevlar miting kuni qishloq orqali oʻtadigan avtoyugurish bahonasi bilan bir vaqtning oʻzida barcha ayollarning paranji tashlashni tashkillashtirishga qaror qilishadi, lekin shunday ovoza tarqaladiki, boylar va amaldorlar bunga yoʻl qoʻymasligi — birinchi paranji tashagan ayol oʻldirilishi, uni eri bu ishlarda aydor deb topilgani uchun Gulsara mitingda birinchi boʻlib paranjisini yechadi...

Tom pistirmasida yotgan bosmachi Gulsarani moʻljalga oladi, lekin oʻq uning otasini nishonga oladi. Otishmalar paytida kommunistchi Usubaliyev halok boʻladi, qishloqdagi bir ayol paranjisini yechib, uni ustiga yopadi. Uni ketidan birin-ketin qolgan qishloq ayollari ham qora toʻr parda bilan berkitgan yuzini ochadilar va Qodir alangalatgan gulxanga tashlashadi.  

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek, filmda: Baxtiyor Ixtiyorov, Ergash Karimov, Mehri Abdullayeva, Hikmat Gʻulomov, Uchqun Rahmonov, Jamol Hoshimov, Soyib Xoʻjayev, Mashrab Yunusov va boshqalar rol ijro etishgan.

Filmga qoʻshimcha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur film  — boʻlajak aktrisa Dilorom Qambarovaning debyut roli u oʻsha mahalda 14 yoshda edi. Rejissor Ali Hamroyev uni tasodifan pionerlar legerida koʻrib qoladi. Shunga koʻra, rejissor oʻzining “Yettinchi oʻq” triologiya filmiga bosh rolga taklif etadi, Oygul timsoli “Qoʻrqmas” filmida vahshiylarcha oʻldirilgan komsomol qiz Qumri obrazini goʻyoki “tiriltirgandek” boʻladi.

Havolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

БЕЗ СТРАХА (1971)Kino-teatr.ru

Без страха (film)Youtube.com