Tamara Shakirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tamara Halimovna Shokirova
Tavalludi 26-noyabr 1955-yil
Vafoti 22-fevral 2012-yil(2012-02-22)
(56 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa

Tamara Halimovna Shokirova (Gʻanieva) 1955-yil 26-noyabr sanasida Toshkentda tugʻilgan. 2012-yil 22-fevralda vafot etgan) — sovet va oʻzbek kino aktrisasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1983), Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati (1983).

Tarjiimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tamara Gʻanieva (Shokirova) 1955-yil 26-noyabrda Toshkentda tugʻilgan. U 14 yoshligidan boshlab maktab oʻquvchisi davridayoq filmlarda rol oʻynay boshladi, 1970-yilda rejissor Anatoliy Kabulovning "Oʻtkinchi yomgʻir" (1970) filmida talaba qiz rolini oʻynadi.

Shundan soʻng u bir qancha esda qolarli ayol obrazlarini yaratdi (“Bu Qoʻqonda sodir boʻlgan”, “Xorazm afsonasi”, “Semurgʼ”, “Olovli yoʻllar”).[1]

1973-yildan “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida aktrisa boʻlib ishlagan. 1974-1976-yillarda A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti (hozirgi Oʼzbekiston Davlat sanʼat instituti) aktyorlik boʻlimining sirtqi boʻlimini tamomlagan.

Tamara Shokirova 2012-yil 22-fevralda saraton kasalligidan vafot yetdi.[2]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turmush oʻrtogʼi — Otabek Hotamovich Gʻaniev (1952-yilda tugʻilgan) mashhur sovet va oʻzbek kinorejissori Nabi Gʻaniyevning nabirasi. Ularning nikohidan: Rayhon ismli qiz dunyoga kelgan (1978-yilda tugʻilgan; keyinchalik estrada xonandasi va aktrisasi, Oʻzbekistonda mashhur) va kenja qizi Nasiba Nigʻmonova (Shokirova) (1994-yil Toshkentda tugʻilgan, pediatr).

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1983-yilda "Leningradliklar - farzandlarim" va "Isyonkor" filmlarida "Ayol obrazlari roli uchun " Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati.
  • 1983-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

• 1970-yil – Oʻtkinchi yomgʻir - epizod

• 1970-yil – Quyosh tigʻi ostida

• 1970-yil – Integral - kelin

• 1971-yil – Shijoat- Gulsara

• 1971-yil – Bu yerdan chegara oʻtgan - Omonning yori

• 1972-yil – Semurgʻ – Zubayda

• 1973-yil – Yaxshi odamim - Saida

• 1973-yil – Zulmatdan qochish - Raʼno (dublyaj Valentina Tejik)

• 1974-yil – Abu Rayhon Beruniy - Zarrin Gis, Qobus qizi

• 1974-yil – Asosiy kun - Tamara

• 1975-yil – Faqat koʻkda bulutlar

• 1975-yil – Olis urushdagi qisqa uchrashuvlar - Gulshod

• 1976-yil – Yettinchi jin - Podishohning qizi Firuza

• 1977-yil – Jazirama quyosh ostidagi uy - Oydin

• 1977-yil – Qoʻqon voqeasi - Halima

• 1978-yil – Xorazm afsonasi - Malika

• 1978-1984-yillarda – Olovli yoʻllar – Zubaydaning oʻgay onasi Yulduzxon (dublyajda: Natalya Gvozdikova)

• 1979-yil – Ajdaho nafasi / Des Drachens grauer Atem (GDR) - Sathanassai

• 1979-yil – Havo yoʻlovchilari - Zamira

• 1980-yil – Leningradliklar - farzandlarim... - Hadicha

• 1980-yil – Yettinchi juma – Aziza

• 1981-yil – Isyonkor - Jumagul

• 1983-yil – Dovonda otishmang! — Fotima, Hofiyat xolaning jiyani

• 1983-yil – Parol - "Regina" mehmonxonasi - Xolniso

• 1983-yil – “Oila sirlari” (“Tojikfilm”) – Dilbar

• 1985-yil – Oʻgʻirlangan kuyov - (Ozarbayjonfilm) - Nigor

• 1986-yil – Olmos kamar - Vazira

• 1988-yil – Manzara sprinter nigohida - Damira

• 1988-yil – Maxluq yoki boshqa bittasi

• 1989-yil – Sukunat kodeksi

• 1989-yil – Oʻgʻlim

• 1990-yil – Ultugʻon

• 1991-yil – Temir erkak

• 1991-yil – Prokuror oʻlimi - Halima Bazieva, prokuror

• 1992-yil – Alif va Laylo (Oʻzbekiston, Hindiston)

• 1992-yil – Dallol (Oʻzbekiston)

• 1993-yil – Olov ichidagi farishta (Oʻzbekiston)

• 1993-yil – Qizil poezd (Ozarbayjonfilm)

• 1997-yil – Men xohlayman (Oʻzbekiston, Yaponiya)

• 1998-yil – Tilsimoy, gʻaroyib qizaloq (Oʻzbekiston)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]