Qizilsuv gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qizilsuv gʻoriQashqadaryo viloyati Qamashi tumani hududidagi gʻor. Toshqoʻrgʻon qishlogʻidan 6 km shimoli-sharqsa, Qizildaryo vodiysida, 2160 m balandlikda. Yuqori yura davriga mansub gips qatlamlarida hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi gʻarb tomonida (eni 6 m, balandligi 2 m dan ziyodroq). Gʻorning tuzilishi yoʻlak shaklida, eni 2 m dan 7 m gacha, balandligi baʼzi joylarida 0,4—0,8 m, ayrim joylarida 3–6 m ga yetadi. Sahnida shipdan qulab tushgan tosh parchalari uyumlari bor. Gʻor sahni ichkariga tomon koʻtarilab boradi. Shipi va devorlaridan suv tomib turadi. Havo temperaturasi kirish qismida 18°, ichkarisida 8°, nisbiy namligi 99% (iyul oyida). Gʻorning umumiy uz. 110 m, sahni 230 m2, hajmi 700 m3ga yaqin.