Qadimgi arab sheʼriyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shakllanish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy va Shimoliy Arabistonning tepaliklar hamda qurib qolgan daryolarning ozanlari kesib oʻtgan chollarida qadimdan badaviy chorvadorlar ibtidoiy urugchilik tuzumi sharoitida koʻchmanchi hayot kechirganlar. Arabistoning nisbatan zich joylashgan aholisi (koʻchmanchi chorvachilik xooʻjaligi sharoitida) hamda yaylovlar va suv manbalarining yetishmasligi, ularning urugʻ va qabilaga mansubligi doimo qabilalar oʻrtasida qonli urushlar keltirib chiqargan.

VI- VII asrlarga kelib Arabistonning markaziy va shimoliy viloyatlarida ibtidoiy urugʻchilik tuzumining parchalanish jarayoni ancha chuqurlashib ketgan edi. Deyarli barcha qabilalarda jamoa yaylovlarini, podalar va suv havzalarini egallab olgan imtiyozli oilalar va qabila zodagonlari ajralib chiqqan edi. Eski qabila ichidagi birlik qabilaning oddiy aʼzolari bilan ajralib chiqqan yuqori tabaqa oʻrtasidagi ziddiyatlar tufayli parchalanib borardi. Qabila ichidagi nizolarning qurboni bolgan koʻplab quvginlar qaroqchilar guruhlarini tashkil qilar hamda oʻtroq qishloqlarga va, hattoki, qadimgi urugʻ-qabila qonunlarini buzgan holda oz qabiladoshlariga hujum qilardilar. Ijtimoiy nizolar va qabilalararo urushlarning keskinlashuvi vaqti-vaqti bilan arab koʻchmanchilarini yarimorol hududini tashlab ketishga majbur qilardi.

Rim imperiyasi, keyinchalik Vizantiya va Eron oʻz chegara hududlarini badaviylar hujumlaridan saqlashga urinib, Suriya va Ikki daryo oraligiga chegaradosh chollarda koʻchib yurgan arab qabilalarini oʻz xizmatlariga qabul qilar, ulardan chegara qoshinini tashkil qilardilar. Masalan, Falastin va Suriya choli chegaralarida  V asr oxiriga kelib poytaxti Jillik shahrida joylashgan kichikroq Hasaniylar podsholigi, Ikki daryo oraligi va Suriya choli chegarasida esa  IV asr boshiga kelib markazi Xira shahrida joylashgan Laxmiylar podsholigi shakllandi. Xira (Eronga tayangan) va Jillik (Vizantiya vassallari) hukmdorlari ozaro uzluksiz urush olib borardilar. Bu urush islom dini qaror topishi bilangina yakunlangan. Ushbu kurash davomida ikkala taraf ham Shimoliy va Markaziy Arabistonning badaviy qabilalaridan foydalanishga urinardilar.

Urugʻ-qabilachilik munosabatlari johiliya sheʼriyati, yorqin va oʻziga xos, shu kunlargacha oʻzining hissiy tasirini saqlab qolgan sheriyat sifatida shakllanishiga tarixiy zamin boldi.

Bizga maʼlum eng qadimgi arab shoirlarining ijodi V asr oxirlariga toʻgʻri keladi. Taxminan shu paytdan eʼtiboran va VII asr oʻrtalarigacha Shimoliy Arabistonda obrazlar boyligi va shaklining nihoyatda mukammalligi bilan ajralib turuvchi sheʼriyat gullab-yashnadi.

Oʻrta asr arablari oʻzlarining qadimgi shoirlari isteʼdodini yuksak qadrlaganlar. Arab tilshunoslari eng mashhur badaviy shoirlarning asarlarini toplaganda namoyon etgan gʻamxorlik ham ana shundan dalolat beradi. Ular ushbu asarlardan antologiyalar tuzganlar va ularga sharhlar yozganlar.

Xalifalikning katta shaharlarida istiqomat qilgan va sahrodagi hayot haqida koʻpincha birovlardan eshitgan, oʻrta asr arab saroy shoirlari islomgacha boʻlgan «qahramonona» davrni har tomonlama ideallashtirar va ozlarining sheʼriy asarlarida Johiliya davri shoirlari asarlarining mazmun-mohiyati va badiiy usullariga ergashardilar.

Qadimgi arab shoirlarining ijodi oʻgzaki boʻlgan: odatda ular sheʼriy improvizatsiya isteʼdodi bilan shuhrat qozonganlar. Badaviy jangchida sheʼr yozish mahorati jasurlikdan kam qadrlanmagan. Sheʼr yozish sanati avloddan avlodga oʻtib kelgan. Baʼzi oilalar va urugʻlar doimo oʻz oralaridan ajoyib shoirlarni koʻtarib chiqqanlar. Shoir jamiyatda yuksak maqomga ega boʻlgan, chunki u qabilaning qahramonona anʼanalari kuychisi va saqlovchisi boʻlgan; qabila dono soʻz bilan oʻz shaʼnini himoya qila oladigan va oʻtkir hajv bilan dushmanga tashlana oladigan shoirni qadrlagan. Chegaradosh arab podsholiklarining hukmdorlari oʻz mavqeini mustahkamlash uchun oʻz poytaxtlariga jalb etishga harakat qilganlar.

L Muhtaram, [03.12.2022 16:33]

Islomgacha boʻlgan sheʼriyat asarlari shakliy jihatdan mukammalligi bilan farq qilib turgan, bu esa sheʼriy tilning uzoq vaqt mobaynida rivojlanganidan dalolat beradi. Turli shoirlarning asarlari sheva xususiyatlariga ega boʻlishiga qaramay, islomgacha boʻlgan sheʼriyat tili yagonadir. Ushbu VI-VII asrlar sheʼriy tilining umumiyligi koʻchmanchilarning yarimorol boʻylab doimiy ravishda koʻchib yurishi hamda keng miqyosdagi qabilalararo madaniy ayirboshlashning natijasi bolgan.

Johiliya davri sheʼriy asarlari bizgacha kech yozilgan yozuvlarda yetib kelgan. Ularni koʻp avlodlar davomida professional deklamatorlar  minglab sheʼrlarni yod biluvchi roviylar ogʻzaki berib kelganlar. VIII asr oʻrtalaridan boshlabgina oʻsha davr lisoniy va badiiy mezonlari nuqtai nazaridan eng noyob shoirlarning asarlari yozib olina boshlangan. Albatta, tildan-tilga otish jarayonida sherlar jiddiy ravishda oʻzgargan. Biroq qadimgi arab sheʼriyatining sheʼriy shaklidagi qatʼiy anʼanaviylik saqlab qolingan. Qadimgi arab shoirlari asarlarining juda katta qismi mutlaqo yoqolib ketgan.

Qadimgi arab sheʼriyatining eng koʻp shuhrat qozongan asarlari boʻlmish Muallaqalar islomgacha boʻlgan eng mashhur shoirlar (Imrul Qays, Tarafa,Zuxeyr, al-Xaris ibn Xilliza, Amr ibn Kulsum,Antara,Labid)ga mansub bolib, VIII asrda Xammad ismli roviy tomondan «Muallaqat» nomli alohida toʻplamlarga jamlangan («al-Muallaqat», soʻzma-soʻz tarjimasi «d[1]urlar misoli ipga tizilgan»). Muallaqa yaratuvchilarning boshqa asarlari va kamroq mashhur boʻlgan islomgacha oʻtgan shoirlarning sheʼrlarini tilshunos al-Mufaddal ad-Dabbiy (VIII asrning ikkinchi yarmi) hamda IX asr shoirlari Abu Tammam va al-Buxturiylar tomonidan toplangan. Soʻnggi ikki shoir sheʼrlarining toʻplamlari boʻlmish devonlar bir xil nomga ega bolib, «Jasorat haqidagi sheʼrlar toʻplami» («Devon al-xamasa») deb atalgan. Islomgacha boʻlgan shoirlar asarlarining kattagina qismi va ularning parchalari tilshunoslar ibn Qutayba (828889) tomonidan «Sheʼr va shoirlar kitobi» nomli biografik lugʻatga hamda Abul Faraj al-Isfaxoniy (897967) tomonidan «Qoʻshiqlar kitobi» antologiyasiga kiritilgan.

Qadimgi arab sheʼriyatidagi ilk janrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aynan islomgacha boʻlgan davrda arab sheriyatining asosiy usullari ishlab chiqilgan. Shubhasiz, bizga maʼlum boʻlgan yetuk sheʼriy asarlarning paydo boʻlishidan avval sheʼriyat uzoq rivojlanish davrini bosib otgan. Ushbu jarayonning birinchi bosqichi saj, yaʼni qofiyadosh nasriy nutq, oxirgi undoshi qofiyalanib keladigan «oʻgzaki qatorchalar» bolgan.

Odatda mumtoz arab sheʼrlari  koʻpincha qofiyasi boʻyicha nomlanadi (masalan, «lomiya»  barcha sheʼrlar «lom» harfi bilan tugaydigan sher).

Islomgacha boʻlgan davrda 50100 baytdan iborat boʻlgan qasidalar yozilgan.. U XX asrgacha saqlanib qolgan. Islomgacha boʻlgan sheʼriyatda maʼlum boʻlgan qitʼa  umumiy mavzudagi va sodda tuzilishga ega bolgan 710 ta baytdan iborat kichikroq sheʼr  maʼlum edi. Qita mustaqil asar yoki qasidaning parchasi bolishi mumkin.

Badaviylar hayotining turli vaziyatlariga bagʻishlangan qasidaning qismlari muayyan tartibda bir-birining ortidan kelardi. Shoir isteʼdodining mezoni har bir baytning badiiy kamoloti boʻlgani sababli, u baytlar va qasidaning ayrim qismlari oʻrtasidagi maʼno jihatdan aloqadorlik haqida qaygurmagan. Bayt esa odatda yakunlangan mantiqiy parcha bolgan.

Arab qasidasi odatda sahroda tuya yoki ot ustida borayotgan shoir oz hamrohlariga bir vaqtlar ozi bolgan va hali badaviylar qonogining izlari saqlanib qolgan joyda biroz toʻxtashni taklif qilishi bilan boshlanadi. Tashlab ketilgan uyning korinishi shoirda oʻtmishga aylangan baxtli onlar, mahbubasi bilan boʻlgan uchrashuvlar va undan ayrilgani haqida qayguli xotiralarni yuzaga keltiradi. Shoir bu yerda hayotidagi eng yaxshi damlarini birga oʻtkazgan mahbubasi haqida soʻz yuritadi. Uning tashqi qiyofasi, kiyim-boshi va zebu-ziynatlarini tasvirlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mumtoz arab adabiyoti (o'quv qo'llanma) Ziyovvudinova.M Toshkent - 2011.