Pokiston hayvonot dunyosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pokiston hayvonot dunyosi Hind-Afrika, Markaziy Osiyo va Oʻrta yer dengizi turlari bilan ifodalanadi. Togʻlarda yirik sutemizuvchilardan qoplon, qor qoplon, qoʻngʻir va oq koʻkrakli ayiq, tulki, yovvoyi echki va qoʻchqor, fors jayron; tekisliklarda sirtlon, shoqol, yovvoyi choʻchqa, antilopa, jayron, kulan, yovvoyi eshak, koʻp sonli kemiruvchilar uchraydi. Qushlar dunyosi xilma-xil (burgutlar, tulporlar, tovuslar, toʻtiqushlar). Koʻp ilonlar, shu jumladan zaharlilar; Hindda timsohlar bor. Umurtqasiz hayvonlardan chayonlar, shomillar keng tarqalgan, Arab dengizida baliq (orkinos, seld, levrek, hind lososlari), qisqichbaqasimonlar (qisqichbaqalar) va dengiz toshbaqalari koʻp.