Chayonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Chayonlar
Asian forest scorpion in Khao Yai National Park.JPG
Black scorpion.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Chayonlar (Scorpiones) — oʻrgimchaksimonlar turkumi, baʼzan mustaqil sinf sifatida qaraladi. Uz. 1—20 sm. Boshkoʻkragi yaxlit qalqon bilan qoplangan. Bu qalqon oʻrtasida 2 juft, uning 2 yonida bir necha juft koʻzlari bor. Kutikulasi mum qavati bilan qoplangan. Korin qismi kengaygan. Ingichka keyingi boʻlimi boshkoʻkrak tomoniga egiluvchan. Bir juft zahar bezi keyingi qorinning oxirgi boʻgʻimida joylashgan boʻlib, sanchuvchi nashtarga ochiladi. Xelitseralari mayda, qiskichsimon. Oyoq paypaslagichlari uchki kismi yirik qisqichga aylangan. Oʻpka orqali nafas oladi. Spermatoforlar yordamida urugʻlanadi. Ch. tirik tugʻadi. 750 ga yakin turi, jumladan, Oʻzbekistonda bir necha turi bor. Chipor (sariq) Ch. koʻp uchraydi. Yirtkich, tunda ov qiladi. Chaqqanida qattiq ogʻriydi. Ayrim tropik turlarining chaqishi kishini oʻlimga olib kelishi mumkin (yana q. Chayon chaqishi).