Shoqol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chiyaboʻri (Canis aureus)

Shoqollar oʻrtacha kattalikdagi ham oʻsimlik bilan, ham et bilan oziqlanuvchi itsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvondir. „Shoqol“ soʻzi qadimda koʻplab jussasi kichik itlar uchun ishlatilgan boʻlsa-da, zamonaviy qoʻllanishda odatda uch turga ishora qiladi: qora sirtli shoqollar, yoʻl-yoʻl chiziqli shoqollar hamda chiyaboʻrilar.

Shoqollar, ham ham oʻsimlik bilan, ham et bilan oziqlanuvchi va oʻrtacha jussali yirtqich hayvon boʻlish bilan birga tajribali oʻlaksaxoʻrlardir. Ularning uzun oyoqlari va egri tishlari kichik sut emizuvchilar, qushlar va sudralib yuruvchilarni ovlash uchun moslashgan. Yirik oyoq kaftlari va birlashib ketgan oyoq suyaklari shoqollarga uzoq masofalarga yugurishida yordam berib, uzoq vaqt davomida 16 km/s tezlik bilan yugura olishlarida ham qoʻl keladi. Shuningdek, shoqollar koʻpincha tongda va oqshomda faollashishadi.

Turlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turlar Binar nomenklatura Manba Tarqalishi
Qora sirtli shoqollar
Lupulella mesomelas

Schreber, 1775 [1][2] Janubiy Afrika va Keniya, Somaliya va Efiopiyaning sharqiy sohillari
Yoʻl-yoʻl chiziqli shoqollar
Lupulella adustus
Sundevall, 1847 [3] Markaziy va Janubiy Afrika
Chiyaboʻri
Canis aureus
Linnaeus, 1758 Janubi-sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, gʻarbiy va janubiy Osiyo

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Macdonald, David. The Velvet Claw, 1992 — 256 bet. ISBN 978-0-563-20844-0. 
  2. Estes, Richard. The behavior guide to African mammals: including hoofed mammals, carnivores, primates. University of California Press, 1992. ISBN 978-0-520-08085-0. 
  3. „Side-Striped Jackal“. Canids.org. 2009-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-mart. (Wayback Machine saytida 2009-02-20 sanasida arxivlangan)

Oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • The New Encyclopedia of Mammals edited by David Macdonald, Oxford University Press, 2001; ISBN 0-19-850823-9
  • Cry of the Kalahari, by Mark and Delia Owens, Mariner Books, 1992.
  • The Velvet Claw: A Natural History of the Carnivores, by David MacDonald, BBC Books, 1992.
  • Foxes, Wolves, and Wild Dogs of the World, by David Alderton, Facts on File, 2004.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]