Pochaxoja madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Pochaxoja madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Pochaxoja madrasasi Kokilai kalon guzarida joylashgan bo‘lib, 7 hujradan iborat bo‘lgan. Buxoroda Pochaxoja guzari ham bo‘lgan. Bu guzar asoschisini O.Suxare va eshon Saidxon deb ko‘rsatgan. Tadqiqotchi bu so‘zni arabiy imlodaPodshohxoja“ shaklida yozgan. Lekin kirill yozuvida „pochoxoja“ ko‘rinishida bergan va uni „kuyovxoja“ (zyatʼ-xod-ja) deb tarjima qilgan. Agar ushbu madrasa va guzar asoschisi bir kishi deb qaralsa, demak, u Eshon Saidxon bo‘lib chiqadi. Pochaxoja nomi 1781 — 1782-yillarda tuzilgan vaqf hujjatida qayd etilgan. So‘fi Olloyorning ustozi mujaddidiy shayx Hoji Habibullohning ham Podshohxoja ismli muridi bo‘lgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 398.