Pnevmokokk infektsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pnevmokokk infektsiyasi

Pnevmokokk infektsiyasi Streptococcus pneumoniae (pnevmokokk) bakteriyasi keltirib chiqaradigan kasalliklar majmuasi boʻlib hisoblanadi. Bular pnevmokokk pnevmoniya (barcha pnevmoniyalarning 70% gacha), oʻtkir otit (barcha otitlarning taxminan 25%), yiringli pnevmokokk meningit (barcha bakterial meningitning 5-15%), endokardit (taxminan 3%), plevrit, artrit tashkil etadi. Pnevmokokk infektsiyasi odatda boshqa infektsiyalarning asorati boʻlib – bunga misollar gripp yoki qizamiqdan keyin pnevmokokk pnevmoniya, bolalarda oʻrta quloqning yalligʻlanishi (otit), har qanday respirator virusli infektsiyadan keyin yoki fonida rivojlanadi.

Infektsiya qoʻzgʻatuvchisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pnevmokokk pnevmoniyaning qoʻzgʻatuvchisi Streptococcus pneumoniae, inson yuqori nafas yoʻllari normal mikroflorasida joylashgan boʻladi. Odatda, odamlarning 5 dan 70% gacha pnevmokokklarning bir yoki bir nechta turini tashuvchisi boʻlib hisoblanadi. Bugungi kunga qadar pnevmokokklarning 90 dan ortiq turli xil serotiplari (immunologik variantlari) aniqlangan, ularning barchasi potentsial patogen hisoblanadi; ularning yigirmaga yaqini ogʻir infektsiyalarni keltirib chiqaradi.

Pnevmokokk infektsiyasi va u bilan bogʻliq kasalliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pnevmokokk kasalligi yoʻtal kabi nafas olish tomchilari orqali, ayniqsa yaqin aloqa orqali boshqa odamlarga yuqadi. Infektsiya manbai hech qanday klinik belgilarni namoyon qilmagan odam boʻlishi ham mumkin. Koʻpincha odamning pnevmoniya bilan kasallinishi qishda yoki erta bahorda sodir boʻladi. Patogen oʻpkaga kirganda, u pnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Shuningdek, u qon oqimiga kirib, bakteriemiyaga olib kelishi mumkin, miya yoki orqa miya atrofidagi toʻqimalarga kirib, yiringli meningitni keltirib chiqaradi.

Pnevmokokk pnevmoniyaning eng asosiy belgilari isitma, yoʻtal, nafas qisilishi va koʻkrak qafasidagi ogʻriqni boʻladi. Pnevmokokk meningit esa isitma, chalkashlik va orientatsiyaning yuqolishi va fotofobiya belgilari bilan namoyon boʻladi. Pnevmokokk bakteriemiyaning dastlabki koʻrinishlari (qonning infektsiya bilan zaharlanishi, oʻlim darajasi 50% gacha boʻlgan eng ogʻir shakli) pnevmoniya va meningitning baʼzi belgilariga oʻxshash boʻlishi mumkin, shuningdek, boʻgʻimlarda ogʻriq va titroqni oʻz ichiga olishi mumkin.

Xavfli guruhlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pnevmokokk infektsiyasi bilan kasallanish uchun xavf guruhlari :

  • 65 yosh va undan katta yoshdagi shaxslar (birinchi navbatda, keksalar uchun maxsus parvarishlash muassasalarida doimiy yashovchilar). Bu yoshda pnevmokokk infektsiyasiga qarshi emlash dunyoning koʻplab mamlakatlarida, iqtisodiy jihatdan rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda majburiydir.
  • yurak-qon tomir va nafas olish tizimining surunkali kasalliklari, jigar sirrozi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, Xodgkin kasalligi boʻlgan bolalar va kattalar;
  • taloqni olib tashlashni rejalashtirayotgan yoki allaqachon oʻtkazgan bolalar va kattalar
  • oʻroqsimon hujayrali kasalligi boʻlgan bolalar va kattalar
  • onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar va kattalar
  • miya omurilik suyuqligi oqishi boʻlgan bolalar va kattalar
  • OIV bilan kasallangan bolalar va kattalar
  • „Uyushgan“ kontingentlar (harbiy xizmatchilar, qariyalar uylari aholisi, mahkumlar va boshqa kattalar va haddan tashqari gavjum sharoitda yashovchi bolalar)
  • spirtli ichimliklarga qaram boʻlish
  • sigaret chekuvchilar

Pnevmokokk infektsiyasiga qarshi kurash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antibiotiklardan foydalanishga javoban pnevmokokklar antibiotiklarning koʻpchiligiga immunitet hosil qiladi. Shunday qilib, antibiotiklardan keng qoʻllaniladigan mamlakatlarda pnevmokokklarning penitsillinga qarshilik darajasi 50% gacha, tetratsiklin va xloramfenikolga esa taxminan 30% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, kasallikning jadal rivojlanishi (2-3 kun) tufayli, odatda, antibiotiklarga sezuvchanlikni maxsus aniqlash uchun vaqt yetarli boʻlmaydi va ogʻir infektsiyalari boʻlgan bemorlar standart antibakterial preparatlardan foydalanishga qaramay, koʻp holatlarda vafot etishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]