Pavel Durov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Pavel Valeryevich Durov
Asl ismi ruscha: Павел Валерьевич Дуров
Tugʻilishi 10-oktabr 1984-yil(1984-10-10)
Sankt-Peterburg, Rossiya]
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya , Saint Kitts va Nevis Sent Kitts va Nevis,[1] Fransiya bayrogʻi Fransiya

Pavel Valeryevich Durov (ruscha: Па́вел Вале́рьевич Ду́ров; 10-noyabr 1984-yilda tugʻilgan) — Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlarini asoschisi.

11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. Oʻsha paytlarda u dasturlashni chuqur oʻrganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning „zastavka“ larini dastur orqali oʻzgartirib qoʻyadi.

2006-yilda Pavel Sankt-Peterburg davlat universitetining filiologiya fakultetini tamomlaydi, universitetda oʻqish mobaynida harbiy fakultetni ham tamomlab, zahiradagi leytenant unvoniga ham erishadi, u universitetni qizil diplomga bitirib, shu-yili Vkontakt ijtimoiy tarmogʻini yaratadi. 2012-yil 19-noyabrda „Mann, Ivanov va Ferber“ nashriyoti Nikolay Kononovaning „Kod Durova“ deb nomlangan kitobni chiqardi. Bu kitob Vkontakt ijtimoiy tarmogʻining asoschisi Pavel Durovga bagʻishlangan boʻlib, xujjatlar va intervyular asosida yozilgan.

AR Films kompaniyasi, produser Aleksandr Rodnyansk boshchiligida, yuqoridagi kitobni film koʻrinishida namoyish qilish ruxsatini oldi va bu kino 2014-yilda ommaga taqdim etilishi koʻzda tutilgan. 2013-yil Durov Digital Forest kompaniyasiga asos soladi va shu kompaniya Telegram messendjerini ommaga taqdim etadi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]