Vikipediya:Maqolangiz oʻchirilish arafasida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vikipediyaning formatiga toʻgʻri kelmaydigan va uning qoidalarini buzadigan maqolalar lohiya jamoasi tomonidan munozara natijasida yoʻqotilishi mumkin. Yaqqol qoidabuzarlikka olib keluvchi maqolalarni tezda yoʻqotish taklif etiladi. Ba'zi hollarda ishtirokchilar maqolada keltirilgan nuqtai nazarga qarshi boʻlganliklari yoki umuman maqoladagi ma'lumotlarga salbiy yondoshishlari sabab uni yoʻqotishni taklif qilishadi. Bunday kelishmovchiliklar chuqur munozaralar orqali yechilishi kerak.

Yoʻqotilish jarayoni[manbasini tahrirlash]

Maqolalar avtomatik ravishda yoʻq qilinmaydi[manbasini tahrirlash]

Ovoz berish emas, munozara orqali[manbasini tahrirlash]

Yoʻqotish uchun asoslar[manbasini tahrirlash]

  • Mualliflik huquqlarining buzilishi
  • Reklama, spam
  • Oʻzingiz haqingizda maqola

Ernest Heminguey (21-iyul 1899- yil AQSH, Illinois shatati)- amerikalik yozuvchi, jurnalist, adabiyot yoʻnalishida Nobel va Pulitser mukofotlari laureate. Oʻz joniga qasd qilish oqibatida (2-iyul 1961- yil AQSH, Aidaxo) da vafot etdi.'

Ernest Heminguey bolaligi Ouk- Park Chicago yaqinidagi shaharchada oʻtgan. Ernestning otasi Klarens Edmont tibbiyot va atrof muhitni oʻrganish bilan shugʻullangan. Sobiq opera kuychisi boʻlmish onasi Greys Xoll esa olti nafar farzand tarbiyasi bilan shugʻullanish uchun oʻz karyerasidan voz kechadi, yosh Ernest esa oiladiga ikkinchi farzand edi. Oilaning oʻziga toʻq va ziyoli insonlardan tashkil topishiga qaramay uning hech bir aʼzosi adabiyot ga qiziqmagan. Operadagi faoliyatini toʻxtatib, oʻzini toʻliqligicha turmush yumushlariga bagʻishlagan Greys xonim hulqida oʻzgarishlar sezila boshladi. Va uning bu xulq- atvori farzandlarida yaqqol aks etdi, qiz farzand koʻrishni istagan Greys Xollni oʻgli Ernestning dunyoga kelishi xursand qilmaydi. 4 yoshiga qadar kichik Ernest onasining hayolotida yashashga maxkum boʻladi, u qiz bolalar kiyimlarini kiyib yuradi va lentali tasmalar yordamida sochlarini huddi qizaloqlardek turmaklaydi. Shunga qaramasdan yozuvchining baxtli bolalik hotiralarining aksariyat qismi ham shu davrga toʻgʻri keladi, boʻsh vaqtida otasi ov, ayniqsa baliq ovi bilan shugʻullanishni yoqtirgan, uch yoshligidayoq Ernestning shaxsiy baliq ovi uchun qarmogʻI boʻlgan. Keyinchalik bu mashgʻulot bilan bogʻliq yorqin xotiralarni u oʻz asarlariga muxrlaydi. Yozuvchini maktab davrlarida shunchaki Xem deb atashadi, u oʻqish va yozishga kiuchli qiziqadi, uni tengdoshlaridan ajratib turadigan hislati uning tanlovlarida edi. Yosh boʻlishiga qaramay u klassik janrdagi adabiyotga qiziqardi. Uning oʻsmirlik davrida mahalliy gazetalarda chop etilgan ilk hikoyalari asosan u yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazish uchun boradigan Michiganga bagʻishlangan edi. 1917 yilda Amerika Birinchi Jahon urushiga kirganini eʼlon qildi va yigitlar harbiy frontga ketishni boshladilar. Ernestning romantik tabiati uning chetda turishiga imkon bermadi, lekin ota-onasi va shifokorlari bunga qarshi edilar. Biroq, u 1918 yilda Qizil Xoch koʻngillisi sifatida frontga borishga muvaffaq boʻldi. Yigit Shio shahridagi oldingi otryadda xizmat qiladi, ammo ularning baʼzilari janglarda qatnashmadi. Keyin Ernest oziq-ovqatni toʻgʻridan-toʻgʻri oldingi qatorga olib boradigan tez yordam mashinasida haydovchi boʻlishni soʻradi. 1918 yilning yozida u yarador snayperni qutqardi va oʻzini Avstriya pulemyotchilari otib tashlashadi. Xem kasalxonaga yotqizilganida, uning tanasida deyarli yaralanmagan qismi boʻlmaydi. Doktorlar uning tanasidan 26 ta oʻq qoldiqlarini olib tashlashadi va shundan keyin uni Milanga yuborishadi. Urush qaxramoniga yaralangan tizza suyagi oʻrniga alyumin protez oʻrnatishadi. 1919 yilning boshlarida u AQSHga qaytadi va uni tantanali ravishda kutib olishadi, barcha gazeta va jurnallarda unga shaxsan Italiya qiroli koʻrsatgan jasorati uchun dovyuraklik nishonini topshirganligi haqidagi xabarlar tarqaladi. Ernest 1921 oila quradi va yosh rafiqasi bilan barcha sevishganlar shahri — Parijga koʻchib oʻtdi. Shunda uning hayot yo‘lining ushbu bo‘lagi „Doim sen bilan bo‘lgan bayram“ deb nomlangan xotiralarida aks etadi.

Birinchi haqiqiy shon-shuhrat yozuvchiga 1926 yilda „Quyosh ham chiqadi“ romanini nashr etganida keldi, unda „yoʻqolgan avlod“ taʼrifi birinchi marta taʼkidlab oʻtilgan edi. Romanning bosh qahramoni Jeyk Barns siymosida Xeminguey oʻzni tasvirlagan. Xuddi u kabi, Jeyms urushni boshdan kechirdi, ogʻir jarohat oldi va bu uning dunyoqarashini, ayniqsa ayollarga nisbatan butunlay oʻzgartirdi. Shuning uchun u Bret Eshliga nisbatan faqat platonik muhabbatni boshdan kechirdi va ruhiy tushkunlikga barxam berish uchun uchun u spirtli ichimliklar isteʼmol qilishni boshlaydi. Ernest Xemingueyga kata shon shuhrat olib kelgan asarlaridan biri 1929 yilda yozilga “ Alvido qurol! ” deb nomlangan romani boʻldi va aynan shu roman xozirgi kunda ham koʻplab darslik qoʻllanmalarida keng foydalaniladi. 1949 yilda esa yozuvchi Kubada faoliyat olib boradi. 1954 yilda Nobel hamda Pulitser mukofotlarini olishiga sababchi boʻlgan „ Chol va Dengiz“ nomli 1952 yilda yozilgan ham falsafiy ham diniy ahamiyatga ega boʻlgan asari uni butun ijodi davomidagi choʻqqisi hisoblanadi va aynan shu asar olti marta dunyoning turli nuqtalaridagi kinematograflar tomonidan sahnalashtirilgan. Bu asar uning yozuvchi sifatida qoldirgan boy maʼnaviy merosining soʻngilaridan biridir.

Badiiy Adabiyot[manbasini tahrirlash]

1. Afrikaning yashil tepaliklari 1935 2. Tushdan keyin oʻlim 1932 3. Xavfli yoz 1960 4. Parij bir ziyofat edi 1960

1. Bahor toshqinlari 1925 2. Partiya 1926 3. Alvido qurol! 1929 4. Bor va Yoʻq 1937 5. Qoʻngʻiroq kim uchun 1940 6. Daryo boʻylab va daraxtlar oʻrtasida 1950 7. Chol va dengiz 1952 8. Yigitning sarguzashtlari 1962 9. Drifting orollari 1970 10. Adan bogʻI 1986 11. Tong otganda 1999

Birinchi Jahon Urushidan keyin Italiya Qurolli Kuchlari tomonidan topshirilgan „Harbiy jasorat uchun“ kumush medal.

— Bronza yulduzi, 1947 yilda Shimoliy Amerika Qoʻshma Shtatlari qurolli kuchlari tomonidan qabul qilingan.

— Pulitser mukofoti 1953, uning nomi bilan atalgan ishi munosabati bilan Chol va dengiz.

— Amerika Badiiy va adabiyot akademiyasining xizmatlari medali, 1954 yilda Adabiyot nominatsiyasida, xususan roman janrida olingan mukofot.

— 1954 yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti, muallifga ijodi uchun berilgan Chol va dengiz.

— Soʻnggi yuz yillikning eng yaxshi muxbirlari Kansas City Star 1999 yilda.

Soʻngi Yillar[manbasini tahrirlash]

Buyuk amerikalik yozuvchi Ernest Heminguey umrining soʻngi yillarini ikkinchi rafiqasi Meri Xeminguey yonida oʻtkazdi bunga sabab esa u Favqulotda Qidiruv Byurosi (FBI) tomonidan kuzatilayotganiga ishonishi edi. Xemingueyning nostabil ruhiy holati sababli u 1960 yilda Minnesota Shtatida joylashgan klinikada elektroshok terapiyasi bilan davolandi. Psixiatrik muolajalardan tugaganidan bir hafta oʻtib 1961 yil 2 iyulda yozuvchi oʻz uyi oshxonasida jonsiz holda topilgan. Dastlab oʻlim sababi ommadan sir tutilgan va yaqinlari tomonidan bu shunchaki baxtsiz hodisa edi deya izoh berilgan. Keyinchalik,Meri Uels intervyusida Ernest oʻz joniga qasd qilganligi yaʼni oz’ini-oʻzi otib oʻldirganligi haqiqiy faktlar keltirgan holda oshkor etadi. 1980 yilda esa Favqulotda Qidiruv Byurosi(FBI) tomonidan diskvalifikatsiya qilingan hujjatlar orasida Xeminguey kuzatuv ostida boʻlganligi tasdiqlanadi.

  • [Yosh, P., 2020 yil. Ernest Xeminguey | Biografiya, Kitoblar va Faktlar. [onlayn] Britannica entsiklopediyasi. Mavjud: britannica.com [16 aprel, 2020 yil].

NobelPrize.org. 2020 yil.1954 yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti — Ernest Xeminguey. [onlayn] mavjud: nobelprize.org [16 aprel, 2020 yil]. Reynolds, Maykl 2000 yil. Ernest Xeminguey, 1899-1961: qisqacha biografiya. Vagner-Martin, Linda (tahr.)Ernest Xeminguey uchun tarixiy qoʻllanma. Nyu-York: Oksford UP. Meyers, Jeffri. (1985).Xeminguey: tarjimai holi. Nyu-York: Makmillan.]

Ba'zi bir turdagi maqolalar yoʻq qilinishi shart[manbasini tahrirlash]

Agar maqola yoʻq qilingan boʻlsa[manbasini tahrirlash]