Partiya (musiqa)
Partiya – orkestr, xor, ansambl va boshqa asarlarning yakka sozanda yoki yakka xonanda ijro etadigan tarkibiy qismi. Musiqiy-sahnaviy asarlarda partiyalar, odatda, qahramonlar nomi bilan qoʻshib aytiladi (masalan, „Layli va Majnun“ operasida Qays partiyasi).
Shuningdek, sonata shaklidagi asarlarning asosiy mavzulari bayon etiladigan boʻlagi (masalan, bosh partiya, yordamchi partiya) ham partiya deb ataladi.
Bosh (asosiy) partiya sonata shaklining birinchi qismidagi ekspozitsiyada asosiy mavzuviy materiallarni ifodalovchi elementdir. Bu partiya asosan asosiy tonallikda boʻlib, musiqa obrazini ifoda etadi va uni aniqlashtiradi. Yordamchi partiyaga oʻtishdan oldin keladigan bogʻlovchi qismda, koʻpincha yordamchi partiya mavzusining ohanglari aks etadi. Bundan tashqari, uch qismli yoki rondo shakllarida asosiy (qaytariluvchi) qism ham bosh (asosiy) partiya deb atalishi mumkin. Bu shakllarda bosh partiya musiqa asarining asosiy gʻoyasi va uslubini bir necha marta eslatib turadi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Musiqa haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |