Pak Bon Chun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pak Bon Chun
Tavalludi 8-fevral 1926-yil
Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Synxinchon qishlog'i
Vafoti 20-noyabr 2013-yil(2013-11-20)
(87 yoshda)
Sankt-Peterburg, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Partiyasi KPSS
Mukofotlari

Pak Bon Chun (1926-yil 8-fevral, Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Synxinchon qishlogʻi – 2013-yil 20-noyabr, Sankt-Peterburg) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozining agronomi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966)[2][3].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pak Bon Chun 1926-yilda Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Synxinchon qishlogʻida tugʻilgan. 1937-yilda qishlogʻidagi boshqa koreyslar bilan birga O‘zbekiston SSRning Oʻrta Chirchiq tumaniga surgun qilinadi. U Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan, uning raisi ikki marotaba Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonini olgan Kim Pen Xva boʻlgan.

Pak Bon Chun jamoasi 1949-yilda 5 gektar yerning har gektaridan oʻrtacha 81,1 sentnerdan sholi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1950-yil 13-iyundagi Farmoni bilan „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sholidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1948-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1949-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan[4]. 1953-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan.

Xuddi shu farmon bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni "Polyarnaya zvezda" kolxozining to'rtta kolxozchisiga berildi: Kim Pendyu, Li Gvanok, Li Sinbon va Xe Rim.

Keyinchalik 1991-yilda u Leningrad viloyatiga ko'chib o'tgan. Pak Bon Chun 2013-yil 20-noyabrda vafot etgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
  2. „Герой Социалистического Труда Пак Бончун“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
  3. YouTube logotipi Герман Ким (ВЭКС) Герой Социалистического труда Пак Бон Чун YouTubeda
  4. Указ Президиума Верховного Совета СССР от 13 июня 1950 года