Von Mensan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Von Mensan
Tavalludi 1892-yil
Janubiy Hamgyon viloyati, Sonjin qishlogʻi, Koreya
Vafoti Aniq emas
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Von Mensan, shuningdek, Von Myon San (1892-yil, Janubiy Hamgyon viloyati, Sonjin qishlogʻi, Koreya – vafot etgan sanasi nomaʼlum[1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozining rahbari. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949)[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Von Mensan 1892-yilda Koreyaning Janubiy Hamgyong viloyati Songjin qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Boshlangʻich maktabni Koreyada tamomlagan. Maktabda faqat toʻrtinchi sinfgacha tahsil olgan. 1920-yillarda u oilasi bilan birgalikda Rossiyaning Uzoq Sharq hududiga koʻchib oʻtdi va u yerda qishloq xoʻjaligida ishladi. 1937-yil kuzida yapon militaristlarining Xitoyga bostirib kirishidan koʻp oʻtmay, SSSRning Uzoq sharq oʻlkasidagi aholini boshqa hududlarga koʻchirish boshlangan. 1937-yilda Von Mensan Toshkent viloyatiga surgun qilingan.

Von Mensan Toshkent viloyatiga kelgach dastlab oddiy kolxozchi, soʻngra Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida sholichilik boshligʻi boʻlib ishlagan.

1949-yilda Von Mensan boʻlinmasi 5,1 gektar maydondan 81,4 sentner sholi yigʻib oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan u Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 1949-yil erishgan mehnat yutuqlari uchun 1950-yilda ikkinchi bor Lenin ordeniga loyiq koʻrilgan.

Von Mensan faoliyat olib borgan „Polyarnaya zvezda“ kolxozi 24 nafar koreysning Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgani bilan mashhur hisoblanadi.

Vafot etgan sanasi aniqlanmagan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]