Li Yenson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Li Yenson
Tavalludi 17-oktyabr 1914-yil
Grodekovo qishlogʻi, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Primorsk oʻlkasi, Amur viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti Aniq emas
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Li Yenson, shuningdek, Li Yong Song (1914-yil 17-oktyabr, Grodekovo qishlogʻi, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Primorsk oʻlkasi, Amur viloyati, Rossiya imperiyasi – oʻlim sanasi nomaʼlum) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozining aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949)[1][2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Li Yenson 1914-yil 17-oktyabrda Nikolsk-Ussuri tumani Grodekovo qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Koreys tili boshlangʻich maktabining 4-sinfini tamomlagan. 1929-yildan boshlab oʻzi tugʻilib oʻsgan qishlogʻidagi Chanseni kolxozida oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan. Keyinchalik Grodekovskiy chegara otryadida sholichilik brigadasi rahbari boʻlgan (1934—1937). 19401943-yillarda harbiy gospital yordamchi xoʻjaligining sholichilik boʻlimi aʼzoligiga qabul qilingan.

1944-yildan Toshkent viloyatida yashab, Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida brigada boshligʻi boʻlib ishlagan. 1948-yilda Li Yenson jamoasi 5,1 gektar maydondan gektariga oʻrtacha 84,6 sentner sholi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sholidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1948-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1949-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan.

Li Yenson 1949-yildagi faoliyati natijalariga koʻra u 1950-yil ikkinchi bor Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

1967—1968-yillarda Sirdaryo viloyatidagi „Kommunizm“ kolxozida ishlagan. 1968-yildan 1970-yilga (nafaqaga chiqqunga qadar) qadar Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida mehnat faoliyatini davom ettirdi. Kasaba uyushmasi tomonidan unga nafaqa belgilangan.

Oʻlim sanasi aniq emas.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]