Oybek Usmonxo‘jayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu maqola futbolchi haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Оybek Usmonxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oybek Raxmonbekovich Usmonxoʻjayev
Tavallud sanasi 13-dekabr 1972-yil (1972-12-13) (51 yosh)
Tavallud joyi Sovet IttifoqiSSSR,
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Boʻyi 176 sm
Ampluasi hujumchi, yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989
1990
1991
1991
1992
1993—1994
1994—1997
1998
1998
1999
1999—2000
2000
2001
2002
2002—2003
2003
2004—2008
Sovet IttifoqiSohibkor
Sovet IttifoqiShaxtyor (Аngren)
Sovet IttifoqiPaxtakor
Sovet IttifoqiNavbahor
OʻzbekistonNavbahor
OʻzbekistonNurafshon (Buxoro)
OʻzbekistonМHSК
OʻzbekistonPaxtakor
OʻzbekistonBuxoro
OʻzbekistonDoʻstlik
BolgariyaМаritsa (Plovdiv)
OʻzbekistonSamarqand-Dinamo
QozogʻistonYesil-Bogatir
OʻzbekistonНаsaf
OʻzbekistonDoʻstlik
OʻzbekistonNavbahor
OʻzbekistonLokomotiv (Тoshkent)
(1 (0)
12 (1)
0
8 (0)
27 (4)
50 (12)
91 (60)
5 (0)
18 (10)
19 (22)

31 (22)
27 (7)
13 (6)
29 (9)
13 (2)
68 (10)
)
Milliy terma jamoa
1992—2000 OʻzbekistonOʻzbekiston (10 (0))
Boshqargan klublari
2010 OʻzbekistonOʻzbekiston (19 yoshgacha)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oybek Raxmonbekovich Usmonxoʻjayev (1972-yil 13-dekabr) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchi va hujumkor yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet davrida „Sohibkor“, „Shaxtyor“ (Angren), „Navbahor“ kabi klublarda quyi ligada oʻynagan, shuningdek, yarim mavsumni „Paxtakor“ dubli oliy liga oʻyinchilari safida oʻtkazgan.

SSSR parchalanganidan soʻng „Navbahor“ va „Nurafshon“ (Buxoro) jamoalarida Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynay boshlagan. 1994-yilgi mavsumda Toshkent „MHSK“ga oʻtib, jamoa bilan 1Chempion oltin (1997), 2Kumush medal sovrindori kumush (1995) va 3Bronza medali sohibi bronza (1996) chempionlik sovrinlarini qoʻlga kiritgan. Uch yarim yil ichida 60 ta gol urib, jamoaning asosiy hujumchilaridan biriga aylangan. 1995-yilgi Oʻzbekiston chempionati toʻpurarlari orasida 22 ta gol bilan ikkinchi oʻrinni zabt etgan.

1998-yilgi mavsumda oʻsha mavsum chempioni boʻlgan „Paxtakor“ safida toʻp surgan, ammo asosiy tarkibga kira olmay, bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1998-yilda ham „Buxoro“ safida oʻynagan. 1999-yili „Doʻstlik“ tarkibida mamlakat chempioni boʻlgan, chempionat toʻpurarlari oʻrtasidagi bahsda esa 22 ta gol bilan uchinchi oʻrinni egallagan.

1999-yilda ilk bor xorij klubi Bolgariyaning „Maritsa“ (Plovdiv) klubiga oʻtgan. Biroq Oybek klubga uzoq vaqt moslasha olmaydi. 2000-yilda „Samarqand-Dinamo“da oʻynab, Muxsin Muxamadiyev bilan ajoyib juftlik oʻyinini namoyish etib, jamoaning toʻrtinchi oʻrinni egallashiga katta xissa qoʻshgan va jamoa shu yili Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylangan. 2001-yilda Usmonxoʻjayev yana xorijga — Qozogʻistonning „Yesil-Bogatir“ klubiga oʻtib, u yerda 27ta oʻyin oʻtkazgan va 7ta gol urgan.

Keyinchalik „Nasaf“, „Doʻstlik“ va „Navbahor“ jamoalarida oʻynagan. Faoliyatining soʻngi yillarida bir necha mavsumni Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻtkazgan. Oʻzbekiston oliy ligasida jami 157 ta gol kiritgan. Faoliyati davomida toʻrt mavsumda 22 ta gol urgan (1995, 1997, 1999, 2000) va bir necha bor mavsumdagi gollari 10 tadan oshib ketgan. 2018-yil holatiga koʻra, Oʻzbekiston chempionatlarida gol urish boʻyicha tarixda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yil 28-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Turkmanistonga qarshi Markaziy Osiyo kubogi bahsida 66-daqiqada Rustam Abdullayev oʻrniga maydonga [1]tushgan[2]. 2000-yilgacha terma jamoada tartibsiz oʻynashda davom etib, jami 10 ta oʻyinda biror marta ham raqib darvozasini ishgʻol eta olmagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yildan Oʻzbekiston yoshlar (U19) terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi[3]. „Olmaliq“da selektsioner boʻlib ham ishlagan. Faxriylar oʻyinlarida ham ishtirok etgan[4].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

MHSK Toshkent jamoasi tarkibida:

  • Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1997-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1995-yil

Paxtakor bilan:

  • Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1998-yil

Doʻstlik jamoasi tarkibida:

Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1999-yil

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]