Nazira Aliyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nazira Aliyeva
Tavalludi 31-dekabr 1912
Vafoti 19-iyun 1980-yil(1980-06-19)
(67 yoshda)
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Nazira Nasriddinovna Aliyeva (31-dekabr 1912, Toshkent — 19-iyun 1980) — Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Boku teatr texnikumini (1927), Moskva davlat teatr sanʼati institutini (1934) tugatgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti katta oʻqituvchisi (1945-yildan), kafedra mudiri (1949-66), dotsenti (1961-yildan).

A. 1935-41 yillarda M. Azizbekov nomidagi Ozarbayjon davlat akademik drama teatrida Soʻlmas (J. Jabborli, „Oʻt kelini“), Durdona (Husayn Jovid „Siyovush“), Juletta (U. Shekspir, „Romeo va Juletta“) obrazlarini ozarbayjon tilida yaratdi. 1934, 1941-48 yillarda Hamza nomidagi teatrda Dezdemona (U. Shekspir, „Otello“), Xolisxon, Jamila (Hamza, „Xolisxon“, „Boy ila xizmatchi“), Shirmon (I. Sulton, „Burgutning parvozi“), Saodat (Komil Yashin va Amin Umariy „Hamza“) kabi yirik rollarni ijro etdi. „Sepsiz qiz“ (Aleksandr Ostrovskiy), „Alisher Navoiy“ (Uygʻun, I. Sulton), „Dengizdagilar sharafiga“ (Boris Lavrenev) spektakllariga rejissyorlik qilgan.

„Oʻlim qudugʻi“, „Uyqusiz tunlar“, „Mahallada duv-duv ran“ filmlarida oʻynagan. M. Shamxalovning „Qaynona“ komediyasini, M. Urdubodiyning „Kilich va qalam“ romanini oʻzbek tiliga tarji-ma qilgan. „Sahna nutqining ravon va aniq boʻlishida muhim shartlar“, „Oʻzbek sahna nutqining baʼzi texnik elementlari“ ilmiy-metodik ishlar, „Sanʼat — mening hayotim“ esdaliklari muallifi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]