Otajon toʻra majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otajon toʻra majmuasi
Joylashuvi Xiva, Xorazm viloyati
Koordinatalar 41°22′49″N 60°23′18″E / 41.38019249380126°N 60.38840284212446°E / 41.38019249380126; 60.38840284212446 G OKoordinatalari: 41°22′49″N 60°23′18″E / 41.38019249380126°N 60.38840284212446°E / 41.38019249380126; 60.38840284212446 G O
Turi majmua
Arxitektura uslubi Xorazm meʼmorchiligi
Asos solinishi XIX asr oxiri — XX asr boshi
Qurilish boshlanishi 1893-yil
Qurilish yakunlanishi 1899-yil, ayrim manbalarda 1889-yil
Yodgorliklar madrasa, masjidlar (yozgi va qishki), maxsus tugʻruqxona, maktab va hammom
Qarovchi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi
Map
Otajon toʻra majmuasi xaritada

Otajon toʻra majmuasiXiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Majmua XIX asr oxiri XX asr boshlarida qurilgan. Hozirgi joylashgan manzili Xiva shahri Gandimiyon mahalla fuqarolar yigʻini. Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarufida[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otajon toʻra majmuasi Xiva shahrining sharqiy tomonida, Qoʻy darvozadan 2 kilometr uzoqlikda joylashgan[1]. Majmua XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Feruzning kichik ukasi Otajon toʻra homiyligida qurilgan. Xiva qamali paytida Otajon toʻra vaqtinchalik mamlakat hukmdori vazifasini bajargan. 1873-yil 1-iyunda Otajon to‘ra Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin fon Kaufmanning talabi bilan qonuniy xon Said Muhammad Rahimxonga Xivaga qaytishi kerakligi haqida iltimos xati yozgan[2][3]. Otajon toʻra 1873-yilda Xiva xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin Kavkaz kavaleriyasiga rotmistr lavozimiga oʻtkazilgan hamda ish bu lavozimda 1881-yilgacha xizmat qilgan. Otajon toʻra adabiyot ixlosmandi boʻlgan boʻlib, Kamron taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Majmua qurilishi 1893-yilda boshlangan boʻlib, 1899-yilda qurib bitkazilgan[2]. Boshqa manbalarda esa majmua 1889-yilda qurilb bitkazilgan deb keltirilgan[1]. Otajon toʻra majmuasi tarkibi madrasa, masjidlar (yozgi va qishki), maxsus tugʻruqxona, maktab va hammomdan iborat[1][2][3]. Majmuadagi maxsus daxmada 1903-yilda vafot qilgan Otajon toʻra (Sayyid Ahmad toʻra) dafn etilgan. Otajon toʻra majmuasida katta bogʻ mavjud boʻlib, 1873-yilda mazkur bogʻda Rossiya imperiyasi bilan Xiva xonligi oʻrtasida Gandimiyon shartnomasi imzolangan. Hozirda ushbu majmua taʼmirlanib, davlat muhofazasiga oʻtkazilgan. Yogʻoch oʻymakorlik bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston xalq ustasi Hayitmat Bogʻbekov mazkur majmuada yogʻoch oʻymakorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]