Osteologiya
Jump to navigation
Jump to search
Osteologiya (osteo... va ... logiya) — suyaklar haqidagi taʼlimot, normal anatomiyaning bir boʻlimi. Suyaklarning shakli, qaysi joydan boshlanib qaysi joyga yopishuvini, funksiyasi, jinslardagi tafovuti, kimyoviy tarkibini tekshiradi. Embrionda suyaklarning rivojlanish xususiyatlarini, yoshga, tashqi va ichki muhitga qarab suyaklar shaklining oʻzgarishini, shuningdek, suyak toʻqimasini, suyak ust pardasi (periost)ning ahamiyatini oʻrganadi. Murdani yorib tekshirish, gistologiya texnikasi va suyaklarni mikroskopiya qilish, rentgenda tekshirish metodi amalda qoʻllanila boshlagach, O. mustaqil fan sifatida rivojlandi. Umumiy, xususiy va qiyosiy O. hamda yosh O.si farq qilinadi. [1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |