Orifjon oxund madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orifjon oxund madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Orifjon oxund madrasasi Qora Kamol guzarida joylashgan bo‘lib, 9 hujradan iborat bo‘lgan. U Amir Abduahadxon davrida oxundlik lavozimiga ko‘tarilgan. Uning to‘liq ismi-sharifi Orifjon maxdum oxund ibn Abdumo‘minxoja aʼlam mufti askardir. Abdumo‘minxoja, u Oxund Aʼlam Buxoriy nomi bilan mashhur bo‘lgan. Buxoro shahrida G‘assolon guzari yaqinida Ko‘hi xonaqoh masjidida yashagan. Amir Nasrulloh davrida Qulbobo Ko‘kaltosh madrasasida mudarrislik qilgan, hijriy 1286-yili (1869 — 1870) vafot etadi. Qabri Mavlaviy Qora Kamol alayhi rahma mozoridadir. Tariqatda mujaddidiy edi. Xalifa Husayndan irshod ijozatini olgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 393.