Kontent qismiga oʻtish

Qoragʻoz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oq peshonali kichik g‘ozdan yoʻnaltirildi)
Oq peshonali kichik g‘oz
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Oʻrdaksimonlar
Urugʻ: G'ozlar
Turlari: Oq peshonali kichik g‘oz
Xalqaro ilmiy nomi
Anser erythropus (Linnaeus, 1758)

Qoragʻoz, oq peshona kichik gʻozgʻozsimonlar turkumi oʻrdaklar oilasiga mansub qush. Yevrosiyoning tundra mintaqasida tarqalgan. Bolqon yarim oroli, Zakavkazye, Yaponiya, Koreya yarim oroli va Xitoyning jan.-sharqiy qirgʻoqlarida, baʼzan Gʻarbiy Yevropa, Kichik, Gʻarbiy Osiyo, Kaspiy dengizining janubi-sharqida qishlaydi. Oʻzbekistonda Amudaryo va Sirdaryo havzalari. Orolboʻyida uchib oʻtish va qishlash davrida uchraydi. Vazni 1,6—2,5 kg. Tumshugʻi asosining atrofi oq. Qovogʻining cheti bir oq. Tundradagi koʻl atrofidagi joylarda yashaydi. Butalar orasiga, suvga yaqin qoyalarga uya quradi; 4—8 ta tuxum qoʻyadi. Oʻtlar bilan oziqlanadi. Ovlash taqiqlangan. Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxatiga va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[1].

  1. „Qoragʻoz“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Q-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Anser erythropus