Oq dengiz (Shimoliy muz okeani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oq dengiz — Shim. Muz okeanining ichki dengizi. RF Yevropa qismining shim. qirgʻoqlarigatutash. Shim.da Gorlo boʻgʻozi orqali Barens dengizi bilan bogʻlangan. Maydoni 90 ming km². Oʻrtacha chuq. 67 m, eng chuqur joyi 350 m. Yirik qoʻltiqlari: Kandalaksha, Onega, Dvina, Mezen. Yirik orollari: Solovki, Morjovets, Mudyuga. Oq dengiz (Shimoliy muz okeani)ga Shim. Dvina, Mezen, Onega, Vig , Umba, Varzuga, Ponoy daryolari quyiladi. Iklimi dengiz qutb iklimi bilan kontinental moʻʼtadil iklim orasida. Yanv.da havoning oʻrtacha temperaturasi —9° dan — 13° gacha, iyulda 8° —15°. Yillikyogʻin jan.da 529 mm, shim.-sharkda 282 mm. Suvining temperaturasi dengiz yuzasida yezda 6,9° dan 15° gacha, qishda markaziy qismida —1,3° dan —1,7° gacha va qoʻltiqlarda 0,5° dan 0,7° gacha. Suvining shoʻrligi 24 %i gacha. Oq dengiz (Shimoliy muz okeani) okt.—noyab.dan boshlab may—iyungacha muzlab yotadi. Suv koʻtarilishi 10 m gacha. Dengiz tubida yashaydigan 720 tur hayvon, 60 turdan ortiq baliq, 5 tur dengiz sut emizuvchilari bor. Portlari: Arxangelsk, Onega, Belomorsk, Kandalaksha, Kem, Mezen, Umba. Oq dengiz (Shimoliy muz okeani) Oq dengiz — Boltiq kanali orqali Boltiq dengizi va Volga — Boltik suv yoʻli orqali esa Azov, Kaspiy va Kora dengizlar bilan tutashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil