Volga-boltiq suv yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Volga-boltiq suv yoʻli (sobiq Mariya suv yoʻli) — Volga daryosini Boltiq dengizi, Oq dengiz — Boltiq kanali orqali esa Oq dengiz bilan bogʻlovchi sunʼiy suv yoʻli. Cherepoves shahargacha Ribinsk suv omboridan, Kovja daryosi, Mariya kanali, Vitegra daryosi, Onega kanali, Svir daryosi, Ladoga koʻli va Neva daryosi orqali oʻtadi. Mariya suv tarmogʻi 19-asr boshlarida kurilgan. 1964 yilda tubdan qayta qurilgan va V.-B. s. y. nomini olgan. Umumiy uz. 1100 km. Eng sayoz joyi 4 m. 5000 t gacha sigʻimli kemalar qatnoviga moʻljallangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil