Oltintosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oltintosh, Oltuntosh al-hojib (asl ismi Abu Saʼid) (? — 1032) — turk gʻulomlaridan, keyinchalik gʻaznaviylaraan Ca-buktegin va uning 2 vorisining lashkarboshisi. Sabuktegin davridayoq u xukmdor gvardiyasidagi eng yuqori martaba — "ulugʻ qojib" unvoniga ega boʻlgan; Mahmud Gʻaznaviy davrida qora-xoniylar bilan boʻlgan katta jangda (1008 yil 1 yanvar) O. qoʻshinning oʻng qanotiga qoʻmondonlik qilgan; 1000—11 yillar u Hirot noibi sifatida manbalarda qayd etilgan. Xorazm zabt etilgach (1017), O. xorazmshoh unvoni bilan ushbu viloyatga noib etib tayinlangan, u bu lavozimni vafot etguniga qadar egallab turgan. O. chegara viloyati boʻlgan Xorazmni ehtiyotkorona idora etgan va oʻzini qoʻshni turkiy qabilalardan muvaffaqiyatli suratda mudofaa qilgan, bu bilan u Xorazmdagi oʻz hokimiyatini yanada mustahkamlagan. Mahmud va Masʼud Gʻaznaviylar O.ning bu harakatlariga shubha bilan qarashgan, ular hiyla bilan O.ni daf etish yoʻliga oʻtishgan. 1032 yil bahorida O. sulton Masʼud topshiri-gʻiga koʻra, Alitegita qarshi otlangan va Dabusiya yaqinidagi jangda ogʻir jarohatlanib vafot etgan. Noiblik uning oʻgʻli Horunga topshirilgan, xorazmshoh unvoni Masʼudning oʻgʻli Saʼidga berilgan, Horun mamlakatni faqat shahzodaning vakili sifatidagina boshqara olishi mumkin boʻlgan. Biroq 1034 yil avg .da Horun oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan, ammo kelasi yili gʻaznaviylar koʻrsatmasiga koʻra, oʻldirilgan; uning birodari va vorisi Ismo-il Xandon Xorazmni 1041 yilgacha idora qilgan, soʻngra gʻaznaviylar topshirigʻiga koʻra, Jand hokimi Shoh Malik tomonidan quvib yuborilgan. Shu bilan O. tomonidan asos solingan sulola barham topgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil